Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida 27 iyul kuni jinoyatçilikning oldini oliş, davlat idoralari va jamiyatning bu boradagi mas'uliyatini oşiriş masalalariga bağişlangan videoselektor yiğilişi ötkazildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.

Yiğilişda parlament va hukumat a'zolari, huquqni muhofaza qiluvçi idoralar va mahalliy hokimiyat organlari rahbarlari qatnaşdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Qonun ustuvorligini ta'minlaş va jinoyatçilikni jilovlaş borasida salmoqli işlar amalga oşirilmoqda. Sohani takomillaştirişga oid 80 dan ortiq qonun hujjati qabul qilindi. Içki işlar idoralari tuzilmasi töliq yangilandi. Ilgari barça xodimlarning 60 foizi şahar va tuman boşqarmalarida, 40 foizi joylarda faoliyat yuritgan bölsa, bugungi kunda xodimlarning 65 foizi aholiga yaqin işlaş uçun mahallalarga yönaltirildi. 

2017 yilda jinoyatlar 2016 yilga nisbatan 16 foizga, joriy yil 6 oyida esa 39 foizga kamaygan. Lekin qasddan odam öldiriş, qasddan badanga oğir şikast yetkaziş, talonçilik, bosqinçilik, öğrilik va firibgarlik jinoyatlarining soni yuqoriligiça qolgan.

“Agar hamma birdek jon kuydirib, oilalar muammolaridan töliq xabardor bölib, ularni hal etişga kömaklaşgan, jinoyatçilikning barvaqt oldini olganda edi, bugun natijalar umuman boşqaça bölardi. Afsuski, jinoyatçilikka qarşi kuraşişda haligaça eskiça işlaş tizimidan voz keça olmayapmiz. Huquqni muhofaza qiluvçi idoralar bu faoliyatga körsatkiçlarni oldingi davr bilan taqqoslaş orqali baho berib kelmoqda. Aslida bitta bölsa ham jinoyat bölgani hammamizni taşvişga solişi kerak”, dedi Şavkat Mirziyoyev. 

Foto: Prezident matbuot xizmati

Yiğilişda jinoyatçilikni jilovlaş böyiça işni butunlay yangiça tizimda taşkil etiş böyiça topşiriq berildi. “Jinoyat haqiqati va adolati” deb nomlangan bu tizimga muvofiq jinoyat sodir etilganligi böyiça respublikadagi mas'ul rahbarlar joylarga borgan holda uning sabablarini örganadi, muhokamasini taşkil qiladi, şunday holat takrorlanişining oldini olişga qaratilgan aniq çoralar köradi, televideniye, radio va gazetada bong uradi.