9 aprel kuni prezident Şavkat Mirziyoyev Özbekiston hududlarining turizm salohiyatini oşirişga doir videoselektor ötkazdi. Yiğilişda Özbekistondagi sayyohlik biznesi bilan boğliq ayrim raqamlar keltirib ötildi, şuningdek, mas’ullarga bir qança topşiriqlar berildi.
Ma’lum bölişiça, Özbekistonda sönggi yillarda turizm eksporti 3,5 milliard dollarga yetgan, ötgan yili xorijiy sayyohlar oqimi 10 million kişidan oşgan. Hozirda turizmning Özbekiston iqtisodiyotdagi uluşini 2040 yilgaça 7 foizga, eksportni esa 10 milliard dollarga yetkaziş böyiça strategiya işlab çiqilmoqda.
Bu strategiya va turizmni rivojlantiriş dasturlari doirasida, jumladan quyidagiça vazifalar qöyildi:
- «turizm halqasi»ga kirgan yöllarni ta’mirlaş işlarni boşlaş;
- kapsulali uylar quriş va jihozlaşni köpaytiriş;
- toğli hududlarga piyoda çiqiş (treking) uçun turfirmalarga sayyohlik marşruti ruxsatnomasini my.gov.uz portali orqali 10 kunda berişni joriy qiliş;
- Körfaz davlatlari uçun joriy qilingan 10 kunlik vizasiz rejimni 30 kunga uzaytiriş, Hindiston, Pokiston, Misr va eronlik sayyohlarga viza berişni yengillaştiriş;
- Milliy turizm yagona platformasini işga tuşirişni tezlaştiriş: unda çipta oliş va elektron viza beriş imkoniyatlarini yaratiş;
- har oyning bitta şanba va yakşanbasini «oila va mehnat jamoasi bilan sayohatga çiqiş» kuni deb e’lon qiliş, içki turizm tarğibotini kengaytirişga yiliga 20 milliard söm ajratiş;
- respublikaning barça tarixiy obidalariga kiriş imkonini beradigan «yagona turistik karta» joriy qiliş va boşqalar.
Şuningdek, prezident Şavkat Mirziyoyev mutasaddilarga ekstremal turizmni rivojlantiriş böyiça çora-tadbirlar işlab çiqiş hamda 2025 yilda xorijdan 15 million sayyohni jalb qilişni topşirdi.

















