Taniqli artist Şukrullo Isroilovga tegişli Mercedes-Benz avtomobilini öğirlab ketgan yigit sud hukmi bilan 2 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. U Jinoyat kodeksining 267-moddasi (transport vositasini olib qoçiş) bilan ayblangan edi.
Sudda ma’lum bölişiça, olib qoçilgan avtomobil Isroilovning farzandi nomida bölgan. U maşina olib qoçilganini bilib, içki işlar organlariga xabar bergan.
Transport vositasi Toşkent şahri, Uçtepa tumani, Zargarlik köçasida töxtatilgan, uni boşqargan şaxs jinoyat-qidiruv bölimi xodimlariga topşirilgan.
Ma’lum bölişiça, 1998 yilda tuğilgan Şerzod ismli şaxs transport vositasini oçiq qoldirilganidan foydalanib, uni olib qoçgan.
«Şu maşinani haydab körişga qiziqardim. Maşina oçiq turgandi, oldida heç kim yöq edi, unga ötirib, haydab ketdim. Şahar aylanib, Uçtepa tumanidagi «moyka» oldida töxtaganimda YPX xodimlari kelib uşladi. Qilgan işimdan afsusdaman», dedi u sudda.
«Maşinamni qulflamasdan, kalitni içida qoldirib, bir joyga kirib ketdim. Işimni bitirib qaytib çiqsam, maşinam yöq. Özimça kimdir men bilan hazillaşgisi kelibdi, deb öyladim. Keyin 102 ga qönğiroq qildim. 10 daqiqada maşinamni topib berişdi. Hurmatli hamşaharlar, huşyor bölamiz, maşinangizni umuman oçiq qoldirmang», dedi Şukrullo Isroilov.
Sudda Isroilovning öğli sudlanuvçiga nisbatan da’vosi yöqligini bildirgan.













