O‘zbekiston | 16:39 / 20.04.2021
6136
2 daqiqa o‘qiladi

«Turkish Airlines» Istanbuldan Urganch va Farg‘onaga aviaqatnovlar uchun ruxsatnoma oldi 

Foto: Reuters

"Turkish Airlines" Istanbuldan Urganch va Farg‘onaga muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma oldi. Bu haqda O‘zbekiston Transport vazirligi axborot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, Transport vazirligi huzuridagi "O‘zaviatsiya" agentligi tomonidan 2021 yil 15 aprelda Turkiyaning "Turkish Airlines" aviakompaniyasiga Istanbul – Urganch – Istanbul va Istanbul – Farg‘ona – Istanbul yo‘nalishlarida O‘zbekistonga muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berildi. 

"Turkish Airlines" aviakompaniyasi 2006 yil 28 sentyabrdagi 27-K sonli ekspluatatsion ruxsatnomaga ega bo‘lib, Istanbul – Toshkent – Istanbul va Istanbul – Samarqand – Istanbul yo‘nalishlari bo‘yicha muntazam aviaqatnovlarni amalga oshiradi.

Avvalroq, “Turkish Airlines” Turkiyaning yirik shaharlaridan Farg‘onaga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar yo‘lga qo‘ymoqchi ekani xabar qilingandi.

Mavzuga oid