Bir neça oy avval şoxobçalarda 4 ming sömdan sotilgan propan hozirga kelib 8 ming sömgaça kötarilib ketdi. Narxning bu qadar keskin ösişi aholiga qanday ta’sir körsatyapti? Kun.uz uşbu masala yuzasidan farğonalik haydovçilar fikri bilan qiziqdi.

Propan narxi oxirgi 5 oy içida qariyb ikki barobarga qimmatlaşdi. Ayni kunlarda Farğonadagi yonilği quyiş şoxobçalarida taqçillik fonida propan 7 200 sömdan 8 ming sömgaça sotilmoqda.

Propan osmonda...

“Kun issiğida arzon bölgan propan narxi havo sovigandan keyin kötarilib ketdi. Avval metanda yurardim, keyin esa propanga ötdim, maşina motorini ham propanga moslaganman. Propanga ötganimdan beri har safar zapravkaga kelsam, narx özgaraveradi: beş yuz sömga, ming sömga oşadi. Bu holatni kim körib çiqadi, kim javob beradi?

Botirbek Mamajonov

Misol uçun, narx yetti yarim ming söm böldi, ayrim zapravkalarda 8 ming sömdan sotilyapti. Lekin bu haqda heç kim gapirmaydi. Tirikçilik şu maşinamdan, menga oşgan har 100 söm ham seziladi.

Bir neça kun avval 100 ming sömga 16-17 ta (litr) quyayotgan bölsam, hozir 100 mingga 15 ta ham quyolmaysiz-da. Qança deputatlarga ovoz berdik, sayladik, endi esa ular qorasini ham körsatmaydi. Nima uçun bunday muammolarni yeçişmayapti?”, – deydi Botirbek Mamajonov.

Taksida yuriş arzon tuşyapti...

“Oxirgi oylarda muammo girdobida qoldik. Maşina sotib olganimda propan örnatilganiga xursand bölgan edim, çunki qişda navbat kamroq böladi. Bolalarni boğçadan olib keliş, işga qatnaşni hisobga olsak, taksida yuriş arzon tuşyapti, umuman qoplamayapti. Biz haydovçilar aziyat çekyapmiz.

Tohirbek Nö’monov

Özi minib yurgan maşinamiz qimmat, şunga yaraşa yonilği narxi arzon bölişi kerak-ku. Avvallari 2,8-3 ming söm hisoblanardi, töldirib ketardim. Hozir teng baravardan ham qimmatlaşdi”, – Tohirbek Nö’monov.