16 yildan keyingi oliy darajadagi muzokaralar. Malayziya bosh vazirining tashrifi nimasi bilan muhim?
Malayziya ijroiya organi rahbari – Bosh vazir Anvar Ibrohim boshchiligidagi delegatsiya prezident Mirziyoyev taklifi bilan O‘zbekistonda. Ikki davlat hamkorlik uchun 1993 yildayoq huquqiy negizga ega bo‘lgan. O‘tgan uzoq davr mobaynida 6 marta davlat rahbarlari ko‘rishgan. Lekin oliy darajadagi uchrashuvlarning oxirgisi o‘tganiga bu yil 16 yil to‘lgandi. Kun.uz mazkur tashrifning ahamiyati va ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli nuqtalar haqida ekspertlar bilan suhbatlashdi.
Oradan 16 yil o‘tib, O‘zbekiston va Malayziya oliy darajadagi muzokaralarni o‘tkazdi.
Malayziya – Janubi-Sharqiy Osiyoning nufuzli davlati. 30 milliondan ortiq aholiga ega bu mamlakat industrial-agrar davlatdir. O‘tgan yil yakuni bo‘yicha tovar ayirboshlash hajmi ikki baravarga oshgan.
Ikki davlat siyosiy yaqinlikni kuchaytirmoqchi. Asosan savdo va turizm, bundan tashqari sanoatda aloqalarni yanada jadallashtirish kerak.
Malayziya musulmonlarida O‘zbekiston tarixi, madaniyati bilan yaqindan tanishish , xususan Samarqand va Buxoroni o‘z ko‘zi bilan ko‘rishga xohish juda katta. Lekin ba’zi muammolar, masalan, ikki o‘rtada aviaqatnovlarning hali ham kam hamda qimmatligi bor salohiyatdan unumli foydalanishga salbiy ta’sir o‘tkazmoqda.
Siyosatshunos ekspert Ravshan G‘oziyev va Sayyohlik agentliklari nodavlat tashkiloti rahbari Farhod Hoshimovlar bilan kechgan suhbat ana shular haqida bo‘ldi.
- Intervyuning to‘liq shaklini yuqoridagi video orqali tomosha qilishingiz mumkin.
Shohruh Majidov suhbatlashdi.
Mavzuga oid
19:32 / 07.11.2024
Tramp O‘zbekiston bilan munosabatlarni qanday olib boradi?
17:48 / 06.11.2024
«O‘zbekiston qit’alarimiz chorrahasida joylashgan va global aloqalarimiz markazida bo‘lishi lozim» - Ursula fon der Lyayyen
21:49 / 04.11.2024
O‘zbekistonliklar 2024 yilda Qozog‘istonda eng ko‘p pul sarflagan xorijliklar qatoriga kirdi
10:10 / 29.10.2024