Özbekiston elçisi Karomiddin Gadoyev Malayziyaning Selangor ştatining Kuala-Langat tumani Jyenjarom şaharçasi hududida joylaşgan Sunview Group kompaniyasiga qaraşli quyoş fotoelektr stansiyasiga taşrif buyurib, kompaniyaning loyihalar menejeri Jon Stid bilan uçraşuv ötkazdi.
Uçraşuv avvalida Jon Stid kompaniya tomonidan uşbu Jyenjarom quyoş fotoelektr stansiyasining texnik xususiyatlari bilan taniştirdi. Uning aytişiça, 32 gektar maydonda qurilgan uşbu stansiya şu yil iyul oyida qurib bitkazilgan. Stansiyaning umumiy quvvati 26 MVt va umumiy elektr tarmoğiga elektr energiyasi uzatmoqda.
Sunview Group kompaniyasi vakiliga köra, joriy yil iyul oyida kompaniya va Özbekiston Energetika vazirligi örtasida ikkita quyoş elektr stansiyalarini quriş böyiça dastlabki şartlarni belgilaş töğrisidagi bitim imzolangan.
Jon Stid Energetika vazirligi qoşidagi Yashil Energiya MÇJ bilan ijtimoiy obektlar va davlat idoralariga panellarni örnatiş işlarini boşlaşga tayyorligini ma’lum qildi.
Sunview Group kompaniyasi vakili, şuningdek, kompaniya Qaşqadaryo viloyatida suv nasos stansiyalarini qayta tiklanuvçi elektr manbalari bilan ta’minlaş loyihasini amalga oşiriş imkoniyatlari va texnik xususiyatlari örganiş işlarini ham boşlaşga tayyorligi bildirdi.








