Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ostonada o‘zbekistonlik ayollar bo‘lgan fohishaxona fosh etildi
Foto: patrul.kz
Ostona shahrining temir yo‘l vokzaliga yaqin hududda fohishaxona aniqlandi, unda pul evaziga jinsiy xizmatlar ko‘rsatish bilan shug‘ullangan 7 nafar ayol bo‘lgan. Qo‘lga olinganlarning bari O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lib chiqdi, har bir ayolga nisbatan migratsiya qonunchiligi talablari buzilgani tufayli ma'muriy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda Ostona politsiya departamenti matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi vakili qo‘lga olingan shaxslar bilan profilaktik suhbat o‘tkazdi. Ma'muriy sud qaroriga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lgan uch nafar ayol davlatdan chiqarib yuborildi.
Joriy yilning 22 noyabridan 26 noyabriga qadar Qozog‘iston poytaxti hududida politsiyachilar tomonidan STOP-trafik tezkor-profilaktik tadbir o‘tkazildi. Tadbir davomida uyushgan jinoyatchilik bilan kurash bo‘yicha boshqarma xodimlari tomonidan qo‘shmachilik bilan shug‘ullangan uchta sauna ma'murlari jinoiy javobgarlikka tortildi. Reydlar paytida pul evaziga jinsiy xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi 48 qiz politsiyaga olib ketildi.
Mavzuga oid
09:42 / 23.01.2026
Ostona va Samarqand o‘rtasida aviareyslar soni ko‘payadi
17:11 / 22.06.2025
Qozog‘istonda yengil motorli samolyot halokatga uchradi. Qurbonlar bor
20:07 / 30.05.2025
Markaziy Osiyo va Italiya rahbarlari Ostonada hamkorlikni chuqurlashtirishga kelishib oldi
15:18 / 09.05.2025