Jahon | 19:35 / 10.10.2020
41221
1 daqiqa o‘qiladi

Sadir Japarov Qirg‘iziston bosh vaziri etib tasdiqlandi

 6 oktabr kuni parlament a'zolarining bir qismi bosh vazirlikka  Sadir Japarov nomzodini ma'qullab ovoz bergandi.

Foto: RIA Novosti

Qirg‘iziston parlamenti Sadir Japarov boshchiligidagi vazirlar mahkamasining yangi tarkibini tasdiqladi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

 Xabarda aytilishicha, parlament yig‘ilishida yig‘ilganlarning barchasi Japarov nomzodi hamda u taklif etgan hukumat tarkibini yoqlab ovoz bergan.

 6 oktabr kuni parlament a'zolarining bir qismi bosh vazirlikka  Sadir Japarov nomzodini ma'qullab ovoz bergandi.

5 oktabr kuni Bishkekda hukumatni qo‘llab-quvvatlovchi ikki partiya g‘olib chiqqan parlament saylovlari natijalariga qarshi namoyishlar boshlandi. Namoyishlar tartibsizliklar va politsiya bilan to‘qnashuvlarga aylanib ketdi. Bir necha yuz kishi jarohat oldi, bir kishi halok bo‘ldi.

 9 oktabr kuni Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov Kubatbek Boronovni bosh vazir vazifasidan ozod qildi.

Mavzuga oid