Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi Qirg‘izistonda 38 ta maktab qurib beradi
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi direktori Sulton Abdurohman bilan uchrashuvida davlat maktablarini qurish uchun 50 million dollar ajratilishi haqida gap borgan. Japarov, shuningdek, ipoteka doirasida uy-joy qurishni moliyalashtirish hajmini oshirishni taklif qilgan.
11 noyabr kuni Ar-Riyodga amaliy tashrif bilan borgan Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov Saudiya Arabistoni taraqqiyot jamg‘armasi ijrochi direktori Sulton Abdurrohman al-Marshad bilan uchrashdi.
Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, uchrashuvda Japarov jamg‘armaning turli sohalardagi loyihalarni moliyalashtirishdagi faol ishtiroki uchun minnatdorlik bildirgan. Shuningdek, Qirg‘iziston tarafi davlat ipoteka kompaniyasi doirasida uy-joy qurilishining ikkinchi bosqichini moliyalashtirish hajmini oshirishni taklif qilgan.

Sulton Abdurrohman Al-Marshad fond hamkorlikni kengaytirishga tayyorligini bildirdi. Shuningdek, Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi Qirg‘izistonda 38 ta davlat maktabi qurilishi uchun 50 million dollar miqdorida mablag‘ ajratish masalasini ko‘rib chiqishi ta’kidlandi.
Mavzuga oid
22:31 / 02.07.2026
Qirg‘izistonda sud Qamchibek Tashiyevga yengil jazo tayinladi
17:41 / 02.07.2026
Qirg‘iziston Rossiyaning benzin eksportini taqiqlashi ortidan O‘zbekistondan yoqilg‘i so‘radi
16:34 / 01.07.2026
Qirg‘iziston 650 kg kolbasa mahsulotlarini O‘zbekistonga qaytarib yubordi
20:14 / 29.06.2026