12:20 / 07.11.2018
10059

Savitskiy muzeyiga yordam ko‘rsatib kelgan jamg‘arma tarqatib yuboriladi

Niderlandiyada joylashgan Nukusdagi muzey do‘stlari xayriya jamg‘armasi (Friends of Nucus Museum, FoNM) 2018 yil oxirida tarqatib yuboriladi. Bu haqda jurnalistlarga uning raisi Devid Pirs xabar berdi.

Mazkur Nukusdagi I.V.Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi san'at muzeyiga moddiy yordam, kitoblar va uskunalar yetkazib, yordam qo‘lini cho‘zib kelgan. Jamg‘armaning tarqatib yuborilishiga sabab sifatida Pirs so‘nggi uch yilda muzeyga berilgan xayriya sovg‘alari, jumladan, audiouskunalar va kitoblarning g‘oyib bo‘lganligini keltirgan.

«Bizga ma'lum bo‘lishicha, ular yo musodara etilgan yoki o‘g‘irlab ketilgan», – degan Pirs. Nukusdagi Savitskiy muzeyi rahbariyati (2017 yil fevralidan muzeyga Gulbahor Izentayeva direktorlik qilib kelmoqda) vaziyatni izohlashdan bosh tortdi.

Muzeyga 1966 yilda asos solingan va keyinchalik arxeolog, etnograf hamda rassom Igor Savitskiy (1915 – 1984) nomi berilgan. U 1950 yilda Moskvadan Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasi safida Qoraqalpog‘istonga keladi va Nukusda qolib, kolleksionerlik bilan shug‘ullana boshlaydi.

Arxeologiya yodgorliklarini kolleksiya qilish barobarida u 1920–1930-yillarning avangard va postavangard san'atini to‘play boshlaydi. Nukusdagi bu davr rangtasvir va grafika asarlari to‘plami o‘z hajmi va ahamiyati jihatidan Davlat Rus muzeyi to‘plamidan so‘ng jahonda ikkinchisi hisoblanadi.

Mavzuga oid
Top