Nukusda telegram orqali fuqarolarning pullarini özlaştirib kelgan şaxs uşlangan. Bu haqda IIV Kibernetika markazi xabar bermoqda.
Toşkent şahrida yaşovçi 45 yoşli ayol S.A. IIBga murojaat qilib, bank kartasidan 50 mln söm noma’lum şaxs tomonidan özlaştirilganini ma’lum qilgan.
Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bölinmalari xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Nukus şahrida yaşovçi 32 yoşli U.N. sodir etgani aniqlangan.
Gumonlanuvçi sifatida tergov organlariga jalb etilgan U.N. internet foydalanuvçilariga Telegram orqali turli havola jönatib, şu yöl bilan bank karta ma’lumotlarini qölga kiritgan va ularda saqlangan pullarni öğirlab kelgan.
Qayd etilişiça, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, U.N.ning sodir etilib, foş etilmay qolgan boşqa şu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekşiriş maqsadida tergov, tezkor-qidiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Qonunga muvofiq, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uçun 5 yildan 8 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi nazarda tutilgan.













