Qoraqalpoğistonning Nukus şahrida ikki nafar fuqaro noma’lum etiologiyali modda ta’sirida zaharlandi. Bu haqda şahar hokimining 6 yanvarda qabul qilingan baxtsiz hodisa sabablarini tekşiriş va oqibatlarini bartaraf etiş töğrisidagi qarorida ma’lum qilingan. 

Hujjatda keltirilişiça, voqea 2023 yilning 29 dekabr kuni Nukus şahri 23-kiçik tumanidagi xonadonlarning birida sodir bölgan. Baxtsiz hodisa oqibatida 2 fuqaro Respublika tez tibbiy yordam ilmiy markazi Qoraqalpoğiston filialiga yotqizilgan. Körsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay, ulardan biri vafot etgan.

Baxtsiz hodisaning kelib çiqiş sabablarini aniqlaş uçun komissiya tuzilgan.

Oldinroq Qoraqalpoğiston respublikasi Çimboy tumanida bir oilaning 5 nafar a’zosi is gazidan zaharlanib, vafot etgandi.