Sport | 19:52 / 20.05.2016
11018
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent shahrida ilk bor boks bo‘yicha professional reyting janglari o‘tkaziladi

Poytaxtimizdagi O‘zbekiston sport saroyi ilk marotaba boks bo‘yicha katta nufuzga ega bo‘lgan professional reyting janglariga mezbonlik qiladi.

O‘zbekiston professional boks federatsiyasi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi, Rossiyaning “Boyevyye perchatki” boks klubi shuningdek “Fayzul Munavvar S/K”, “Uz fayt” klubi xamkorlikda tashkil etilayotgan ushbu janglar 4, 6, 8 va 10 raunddan iborat bo‘lib  6ta vazn toifasida  o‘tkaziladi. Jumladan:

1. Bobojonov Komiljon (UZB) — Inder Pal (IND) /66 kg, 4 raund/

2. Husniddin Po‘latov (UZB) — Jabrail Muzayev (RUS) /72 kg, 4 raund/

3. Hokim Karimov (UZB) — Arti Ustarxanov (RUS) /76 kg, 6 raund /

4. Avazbek Abidjanov (UZB) — Gegam Mkrtchyan (ARM) /66 kg, 6 raund /

5. Otabek Ibragimov (UZB) — Abror  Oripov (UZB) /76 kg, 6 raund/

6. Aleksandr Kotov (UZB) —  Baxrom Payozov (KAZ) /63,5 kg, 8 raund/

7. Arti Davtayev (UZB) — Talgat Dosanov (KAZ) /91 kg, 10 raund/

8. Feruz Yuldashev (UZB) — Mukesh Kumar (IND) /59 kg, 8 raund/

9. Begzod  Nabiyev (UZB) — Georgi Kaparia (GEO) /66,7 kg, 10 raund/

Mazkur turnirda Sidney olimpiadasi oltin medali sohibi,xalqaro toifadagi sport ustasi Muhammadqodir Abdullayev estafetani yosh charm qo‘l qop ustalariga topshiradi. Janglar 28 may kuni, soat 19:00da boshlanadi.