Joriy yilning 24 iyun kuni Kun.uz saytida «Birgalikda uy sotib olgan fuqarolar propiska masalasida sudda yutib çiqdi» sarlavhali xabar e'lon qilingandi. Xabarda birgalikda umumiy mulk huquqi asosida sotib olingan uy-joy egalarini doimiy propiskaga qöyiş dastlab rad etilgani, mazkur masala Yaşnobod tuman ma'muriy sudida körilib, Yaşnobod tuman IIB FMB M va FRB mansabdor şaxslarining xatti-harakatlari ğayriqonuniy deb topilgani, uning zimmasiga şikoyat yöllagan 3 nafar fuqaroni tegişli manzil böyiça röyxatning 1-bandiga muvofiq doimiy propiska qiliş majburiyati yuklangani haqida bayon qilingan edi.

Kun.uz naşri olgan ma'lumotlarga köra, propiska masalasida yana bir holatda «pasport stoli»ning kuragi yerga tekkizilgan. Ma'lum bölişiça, fuqaro Ş.J.ning otasi va onasi birgalikda joriy yilning mart oyida umumiy mulk huquqi asosida Toşkent şahri Yaşnobod tumanida bunyod etilgan yangi kvartiralardan birini birgalikda xarid qilişadi. Yer tuziş va köçmas mulk kadastri davlat korxonasi Yaşnobod tuman bölimi tomonidan mazkur fuqarolarga sotib olingan kvartira uçun mulkka egalik huquqi beriladi. Mulk egalari röyxatning 1-bandiga asosan uşbu mulk joylaşgan manzil böyiça doimiy propiska qilinadi. Biroq, Ş.J.ning töğri şajara böyiça yaqin qarindoş (farzandi) sifatida doimiy propiskaga qöyiş töğrisidagi arizasi Yaşnobod tuman migratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş bölimining 10.04.2019 yildagi 27/62-J-9860-sonli javob xatiga asosan rad etiladi.

Mazkur idoraning xatti-harakatlaridan norozi bölgan fuqaro Ş.J. Yaşnobod tuman ma'muriy sudiga şikoyat arizasi kiritadi.

Ariza Yaşnobod tuman ma'muriy sudi sudyasi A.A.Yunusov raisligida körib çiqilib, joriy yilning 29 may kunidagi hal qiluv qarori bilan töliq qanoatlantirildi.

Sud qaroriga muvofiq, Yaşnobod tuman IIB FMB M va FRB mansabdor şaxslarining xatti-harakatlari ğayriqonuniy deb topilib, taşkilot zimmasiga şikoyat yöllagan fuqaroni tegişli manzil böyiça Röyxatning 2-bandiga asosan doimiy röyxatga qöyiş majburiyati yuklandi.

Sudning ta'kidlaşiça, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 16.02.2012 yildagi 41-sonli qarori bilan tasdiqlangan Özbekiston Respublikasi fuqarolarini Toşkent şahri va Toşkent viloyatida doimiy propiska qiliş va turgan joyi böyiça hisobga oliş tartibi töğrisidagi nizomning 7-2-bandiga binoan Röyxatning 1 va 8-bandlari asosida Toşkent şahrida va Toşkent viloyatida doimiy propiska qilingan fuqarolarning qarindoşlari Röyxatning 2-bandi asosida propiska qilinişi lozim. Sudning ta'kidlaşiça, heç qaysi huquqiy hujjatda Toşkent şahridan yangi uy-joy sotib olib, 1-band bilan propiskaga kirgan fuqarolarning öz oilasiga ega bölgan voyaga yetgan bolalari Röyxatning 2-bandi bilan doimiy propiska qilinmasligi körsatilmagan.