Keça, 22 iyun kuni Senat yalpi majlisida senator Boriy Alixonov suv resurslaridan oqilona foydalaniş masalasida ma’ruza qilarkan, Özbekiston uçun xavotirli bölgan qator raqamlarni keltirib ötgan.
Jumladan, bugungi kunda Toşkent şahrida suv sarfi ayrim paytlarda aholi jon boşiga sutkasiga 400 litrni taşkil qilmoqda. Bu dunyo şaharlari körsatkiçidan ança yuqori. Şuningdek, çuçuk suvning qariyb 90 foizi qişloq xöjaligida foydalaniladi (dunyoda uşbu körsatkiç örtaça 65 foizga teng).
Kun.uz muxbiri senator bilan boğlandi va ma’ruzada keltirilgan raqamlar, şuningdek, suv sarfi isrofgarçiliklarini kamaytiriş yöllari haqida söradi.
— Boriy Botiroviç, keça Senatning yalpi majlisida Özbekistondagi suv iste’moli darajasiga oid çiqiş qildingiz. Kengroq aytganda, bugun Özbekistondagi vaziyat dunyodagi bilan soliştirganda qanday?
— Sir emas, hozirgi keskin ekologik muammolardan biri bölgan suv muammosi mintaqamiz va mamlakatimiz uçun ham öta dolzarb. Zero, suv – strategik resurs bölib, oziq-ovqat mahsulotlari işlab çiqariş, soğliqni saqlaş, hayot keçiriş va umuman insoniyat taraqqiyotining asosiy manbai.
Açinarlisi, hozirda Yer yuzidagi daryolarning deyarli yarmi ifloslangan, ularning resurslari tugab bormoqda. Içki suv havzalari tabiiy yöl bilan özini özi tozalay olmayapti. Bunday suvlar nafaqat iste’mol uçun, balki, maişiy xizmat, turmuş va sanoat ehtiyojlari uçun ham yaroqsiz bölib qolyapti.
Ma’lumotlarga köra, bugungi kunda dunyoning 40 dan ortiq mamlakatidagi 2 mlrddan ziyod aholi suv tanqisligini sezmoqda. BMT ma’lumotlariga köra, qariyb 1,5 mlrd aholi toza içimlik suvidan foydalana olmaydi, 2,3 mlrd aholi esa sanitar talabga javob bermaydigan suvni iste’mol qilişga majbur bölmoqda. Har kuni 2 mln tonnadan ortiq, şu jumladan plastik çiqindilar suv havzalariga taşlanadi.
Aslida mintaqamizda suv azaldan eng aziz ne’mat, hayot manbai sanalib, rivojlaniş va farovonlikning asosi sifatida xizmat qilgan va kelajakda ham şunday bölib qoladi.
Suv resurslaridan tejamli foydalaniş siyosati natijasida suvning umumiy miqdori ötgan asrning 90-yillariga nisbatan

















