Senat 2025 yilga mo‘ljallangan davlat budjetini ma’qulladi
Senatorlar davlat budjeti to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi. Budjet daromadlari 431 trln so‘m miqdorida, xarajatlari esa 480,5 trln so‘m miqdorida rejalashtirilgan holda konsolidatsiyalashgan budjet 49,5 trln so‘m yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 3 foiz miqdoridagi taqchillik bilan shakllantirildi.

Foto: Senat axborot xizmati
Senatning ikkinchi yalpi majlisida “2025 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi qonun muhokama qilindi.
Qayd etilishicha, 2025 yilda iqtisodiy shart-sharoitlarni hisobga olgan holda inflatsiya darajasi 7 foiz atrofida bo‘lishi prognoz qilinmoqda.
Xususan, qonunda o‘rta muddatda konsolidatsiyalashgan budjet taqchilligini yalpi ichki mahsulotga nisbatan 3 foizdan oshirmaslik vazifasidan kelib chiqib, 2025 yilda konsolidatsiyalashgan budjet daromadlari 431 trln so‘m, xarajatlar esa 480,5 trln so‘m miqdorida shakllantirilgan.
Davlat budjeti daromadlari 308,5 trln so‘mni, xarajatlari esa 344,8 trln so‘mni tashkil etmoqda. Davlat maqsadli jamg‘armalari daromadlari va xarajatlari (budjetlararo transfertlar hisobga olinmagan holda) tegishincha 66,4 trln so‘m va 62,8 trln so‘m miqdorida rejalashtirilmoqda.
Qonunda keyingi yilda ham xarajatlarning ijtimoiy yo‘naltirilgani saqlab qolingan bo‘lib, davlat budjeti xarajatlarining 52 foizi yoki 177,7 trln so‘mi ijtimoiy sohaga yo‘naltiriladi.
2025 yil uchun davlat budjeti xarajatlarida ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish tadbirlari uchun 3,6 trln so‘m ajratilishi ko‘zda tutilgan. Sog‘liqni saqlash sohasiga esa 41,3 trln so‘m yoki 2024 yilgi kutilayotgan ijroga nisbatan 19,8 foizga ko‘p mablag‘ ajratish ko‘zda tutilgan.
Muhokama yakunida mazkur qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Turkiyada kutaman». Zelenskiy Putin bilan shaxsan uchrashishga tayyorligini ma’lum qildi
Jahon | 22:43
-
Rossiyada ma’muriy javobgarlikka tortilgan relokantlar mulkini musodara qilish boshlanadi
Jahon | 22:17
-
Xitoy Yerning elektromagnit maydonini kuzatish uchun 3 ta sun’iy yo‘ldoshni orbitaga uchirdi
Jahon | 21:52
-
«Barsa» 7 ta gol urilgan klasikoda g‘alaba qozonib, amalda chempionlik masalasini hal qildi
Sport | 21:21
Mavzuga oid

16:22 / 01.05.2025
Yerosti suvlaridan hisoblagichsiz foydalanganda soliq to‘lovi besh barobar oshiriladi

16:21 / 30.04.2025
Oliy sud tarkibiga o‘zgartirish kiritildi

13:00 / 30.04.2025
Senat O‘zbekistonda elektron sigaretalarni taqiqlash haqidagi qonunni ma’qulladi

13:39 / 29.04.2025