Kelgusi yilda ta’lim va fan sohasiga 86,3 trln so‘m yo‘naltiriladi - Tanzila Norboyeva
Senat raisi Tanzila Norboyeva 2025 yilda jami davlat budjeti xarajatlarining chorak qismi ta’lim va fan sohasida yo‘naltirilishini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, kelgusi yilda maktabgacha ta’lim bilan qamrov darajasini 77,5 foizga yetkazish mo‘ljal qilingan.

Foto: Oliy Majlis Senati
Oliy Majlis Senatining ikkinchi yalpi majlisida «2025 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida»gi qonun ma’qullangani to‘g‘risida xabar berilgandi. Senat raisi Tanzila Norboyevaning ta’kidlashicha, kelgusi yilda ta’lim va fan sohasiga 86,3 trillion so‘m yo‘naltiriladi.
2025 yilda konsolidatsiyalashgan budjet daromadlari 431 trillion so‘m, xarajatlar esa 480,5 trillion so‘m miqdorida shakllantirilgan. Yalpi majlisda Senat raisi jami budjet xarajatlarining chorak qismi (86,3 trillion so‘m) ta’lim va fan sohasiga yo‘naltirilayotgani alohida e’tiborga molik ekanini ta’kidladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, kelgusi yilda maktabgacha ta’lim bilan qamrov darajasini 77,5 foizga yetkazish mo‘ljal qilingan. «Bu degan so‘z – bog‘cha yoshidagi har 3 nafar boladan 2 nafari bog‘chaga boradi. 6 yil oldingi holat bilan taqqoslaganda bu inqilobiy o‘zgarish», — deydi Tanzila Norboyeva.
Tanzila Norboyeva so‘nggi besh yil davomida budjetni shakllantirish jarayonida Senatning hukumat bilan yaqindan hamkorlik yo‘lga qo‘yilib, ijobiy amaliyot shakllangani, 2025 yilgi budjet parametrlarida ham Senat takliflari asosida 200 ta loyihaga 1,7 trillion so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirish ko‘zda tutilganini ta’kidladi. Ular asosan ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport muassasalarini, ichimlik suvi, kanalizatsiya tarmoqlarini qurish va ta’mirlash, mahallalar hamda yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha loyihalar.
«Fursatdan foydalanib, Jamshid Anvarovich, sizga, o‘rinbosarlaringizga, vazirlikning boshqa mutasaddilariga yaqindan hamkorlik uchun Senat nomidan minnatdorlik bildiramiz. Mazkur amaliyot yangi chaqiriqda ham davom ettirilib, hamkorligimiz yanada chuqurlashadi, deb umid bildiraman», — dedi Tanzila Norboyeva iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorovga.
Shuningdek, Senat raisi budjet jarayonlarining ochiq va shaffof bo‘lishiga, mablag‘lar maqsadli va samarali sarflanishini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilishi kerakligini qayd etdi.
«Jamoatchilik o‘rtasida budjet bilan bog‘liq har qanday fikr-mulohazalarga, muhokamalarga o‘z vaqtida malakali javob berib borilishi, ochiq va konstruktiv muloqotga kirishish (asosli takliflarni inobatga olish) – asossiz va o‘rinsiz rezonanslarning oldi olinishiga xizmat qiladi. Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda barcha vazirlik, idoralar, ayniqsa hududiy ijro organlaridan bunga alohida mas’uliyat bilan qarashlari talab etiladi», — dedi Tanzila Norboyeva.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

20:44 / 21.05.2025
Tanzila Norboyeva Jizzaxda korrupsiya holatlari bo‘yicha tanqidiy yig‘ilish o‘tkazdi

16:16 / 16.05.2025
Tanzila Norboyeva Buxoroda jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalarini muhokama qildi

16:22 / 01.05.2025
Yerosti suvlaridan hisoblagichsiz foydalanganda soliq to‘lovi besh barobar oshiriladi

16:21 / 30.04.2025