Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Obama ochilishga tayyorgarlik ko‘rayotgan afroamerikaliklar tarixi va madaniyati muzeyini ko‘zdan kechirdi
AQSh prezidenti Barak Obama 14 sentabrda hali ochilmagan afroamerikaliklar tarixi va madaniyati muzeyini ko‘zdan kechirish imkoniga ega bo‘ldi.
Obama, uning rafiqasi va qizlariga muzey zallari bo‘ylab sayr uyushtirildi. Shuningdek, o‘sha kuni muzeyga bir necha, jumladan xorijiy jurnalistlarga kirishga ruxsat berildi, biroq barcha istovchilarga joy yetmadi.
3 mingga yaqin eksponati bo‘lgan muzey 24 sentabrda Vashingtondagi Milliy xiyobondagi futuristik binoda ochiladi. Bu muzey Oq uyning shundoqqina yonida joylashgan. Muzeyda 12 ta turli ekspozitsiya ish olib boradi.
Afroamerikaliklar AQSh aholisining 13 foizdan sal kamrog‘i, ya'ni 42 mln ga yaqin kishini tashkil qiladi. AQShda quldorlik 1860-yillarda bekor qilingan, qora tanli fuqarolarga to‘liq teng huquqlik 1960-yillardagina taqdim qilingan. Biroq afroamerikaliklar hanuzgacha AQSh irqiy-etnik guruhlari orasida eng past darajada yashovchilar hisoblanadilar. Barak Obama AQShning prezidenti bo‘lgan birinchi afroamerikalik. Biroq u ko‘pchilik afroamerikaliklar kabi qullar avlodi nasli emas: uning otasi qora tanli keniyalik iqtisodchi, onasi oq tanli amerikalik ayoldir.
Mavzuga oid
20:46 / 10.08.2025
Trampga tegishli ijtimoiy tarmoq chat-boti Obamani AQShning eng yaxshi prezidenti deb atadi
07:29 / 25.07.2025
Tramp Barak Obamani davlatga xiyonatda aybladi
14:23 / 21.07.2025
AQSh Milliy razvedkasi direktori Obamani Trampga qarshi fitnada aybladi
09:59 / 07.11.2024