Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Case New Holland kompaniyasi zamonaviy g‘alla o‘rish kombaynlarini taklif etadi
Foto: Case New Holland
Jahonga mashhur Case New Holland Industrial (keyingi o‘rinlarda “CNHI”) kompaniyasining O‘zbekistondagi, 25 yildan beri faoliyat yuritayotgan “Uzkeymash” qo‘shma korxonasi Sizlarga jahon standartlari asosida ishlab chiqarilgan traktor va kombaynlarni taklif etadi.
Xususan, mintaqa iqlim sharoitlaridan kelib chiqib o‘zini mijoz maydonlarida ijobiy tomondan ko‘rsatgan Case AF4088 hamda New Holland TC5.90 g‘alla o‘rish kombaynlarini misol keltiramiz.
Case AF4088 g‘alla o‘rish kombayni, “Uzkeymash” kompaniyasi tomonidan taklif etiladigan eng ommabop texnikalardan biri bo‘lib, bu kombayn g‘alla o‘rimi bilan shug‘ullanuvchi barcha xo‘jaliklarning talabini qondiradigan texnika hisoblanadi. Kombayn dvigatel quvvati 212 ot kuchiga, g‘alla bunkeri hajmi esa 6000 litrga ega. Kombayn 5,2 metrlik jatka bilan ta’minlangan. Boshqa kombaynlardan farqi, uning universalligidadir, ya’ni g‘alla va boshqa ekin turlari hosilini yig‘ishtirib olishga tez hamda kam xarajat bilan moslashuvchanligidadir. Hamda bu kombayn iqlimning yuqori namlik sharoitida ham o‘zining minimal yo‘qotish darajasini saqlab qoladi. Kombayn kabinasi shinam hamda konditsioner va pechka bilan ta’minlangan, tashqi shovqindan yuqori darajada himoyalangan.

Quyida Case AF4088 g‘alla o‘rish kombaynining O‘zbekiston hududidagi ish jarayonidan videolavha: https://t.me/cnhuzb/1760
New Holland TC5.90 Yevropa sifatiga ega (CNHI kompaniyasining Belgiya va Polshadagi zavodlarida ishlab chiqarilgan) g‘alla o‘rish kombayni, barcha klasterlarning g‘alla o‘rimi bilan bog‘liq talabini qondiradi. Dvigatel quvvati 240 ot kuchi bo‘lgan kombaynning, bunker hajmi 6400 litrni tashkil etadi. Kombayn 5,2 metrlik jatka bilan ta’minlangan. Bug‘doy yanchish agregatlari 2 ta barabandan iborat bo‘lgani don yo‘qotilishini minimallashtiradi va yuqori namgarchilik sharoitida ham ishlash imkoniyatini taqdim etadi. Ushbu model, universal bo‘lib, hosilga qarab, asosiy baraban va baraban ostiga o‘zgartirish kiritish orqali, turli xil boshqa ekinlarni minimal yo‘qotishlar bilan yig‘ish imkoniyatiga ega. Bu kombayn ham iqlimning yuqori namlik sharoitida o‘zining minimal yo‘qotish darajasini saqlab qoladi. Kombaynning yana bir qulayligi shundan iboratki, g‘alla o‘rimi davomida somonni butun chiqarish yoki dalaga maydalab o‘z-o‘zini o‘g‘it qilish maqsadida bir tekis sochib yuborish imkoniyati mavjud. Kombayn operator ishlashi uchun shinam, konditsionerli, pechkali, elektron boshqaruvli zamonaviy kabinaga ega.

Quyida New Holland TC5.90 g‘alla o‘rish kombaynining O‘zbekiston hududidagi ish jarayonidan videolavha https://t.me/cnhuzb/1748
Case New Holland kompaniyasi O‘zbekiston bozorida 1996 yildan beri faoliyat ko‘rsatib kelmoqda va shu kungacha 10 000 dan oshiq texnikalarni yetkazib bergan.
Mijozlar uchun texnikalariga servis xizmatini uzluksiz tashkillashtirish, original ehtiyot qismlarni mijozlarga yetkazib berish hamda ta’mirtalab holatini muntazam ravishda tekshiruvdan o‘tkazish maqsadida butun respublika bo‘ylab, barcha viloyatlarda servis markazlari faoliyat olib boradi.
Servis xizmatini ko‘rsatuvchi kompaniyada 150 dan ortiq malakali servis xodimlari xizmat qiladi. Ular o‘zlarining statsionar servis stansiyalarida va maxsus xizmat avtomashinalarida to‘g‘ridan to‘g‘ri dalaga tashrif buyurib, texnikalarni qisqa muddat ichida ta’mirlab berishadi. Case New Holland servis va zarur original ehtiyot qismlarni o‘z vaqtida yetkazib berishni kafolatlaydi.
Barcha mahsulotlarga kompaniya tomonidan standart 1 yillik yoki mijozning talabiga ko‘ra, ko‘proq muddatga kafolat taqdim etiladi.
Joriy publikatsiya ommaviy oferta hisoblanmaydi, texnikalarni xarid qilish masalasi bo‘yicha batafsil quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.
Murojaat uchun telefonlar:
Original ehtiyot qismlarni yetkazib berish bo‘limi: +99878 120 10 01
Manzil: Toshkent shahri, Ohangaron yo‘li 2
Mo‘ljal: Rohat aylanasi, 15 qavatli Artel binosi yonida
Telegram kanal: t.me/cnhuzb
Reklama huquqi asosida