Jamiyat | 09:00 / 28.02.2020
58544
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

O‘zbekistonliklar tomonidan asos solingan AQSh logistik kompaniyasi Toshkentdagi bo‘limiga ishga taklif etadi

Foto: Phoenix Cargo

Amerika Qo‘shma Shtatlari iqtisodiyotida yirik yuk mashinalari orqali amalga oshiriladigan yuk tashish sohasi juda katta ahamiyatga ega. Statistik ma'lumotlarga ko‘ra, mamlakat ichida temiryo‘l, havo va suv orqali tashiladigan yuklar qo‘shib hisoblanganida ham yuk mashinalari (truck) orqali amalga oshiriladigan yuk tashuvlari hajmining yarmicha ham kelmaydi. Qo‘shma Shtatlar bo‘ylab tashiladigan yuklarning 70 foizi katta yuk mashinalari orqali amalga oshirilishi ushbu sohaning ahamiyati qay darajada ekanini ko‘rsatib turibdi.

Amerikada doimiy yashab kelayotgan o‘zbekistonliklar so‘nggi o‘n yillikda ushbu sohada juda faollik ko‘rsatdi. O‘zbekistonlik immigrantlar tomonidan ko‘plab kompaniyalarga asos solindi va ko‘plab vatandosh haydovchilar bu sohada faoliyat yurita boshladi.

Bugungi kunga kelib, o‘zbekistonliklar asos solgan bir necha o‘nlab logistika va yuk tashish bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalar faoliyat olib bormoqda. Ulardan bir nechtasi Toshkentda ham o‘z filiallarini tashkil qilgan. Shular orasida jadal sur'atda rivojlanib kelayotganlaridan biri – «Phoenix Cargo» o‘zining Toshkentdagi bo‘limida ish o‘rgatish va munosib deb topilgan kadrlarga ish taklif qilishni yo‘lga qo‘ymoqda.

Ta'kidlash kerakki, «Phoenix Cargo» 2017 yil AQShning Ohayo shtatida tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda 80 dan ortiq yuk mashina haydovchilari bilan hamkorlik qilmoqda. Kompaniya 2019 yilda 12.365 ta katta hajmdagi buyurtmalarni muvaffaqiyatli ravishda manziliga yetkazib berdi. Shuningdek, kompaniya bugungi kunda Amerikaning eng katta logistik kompaniyalari bilan hamkorlik qiladi. Hamkorlar orasida Amazon, UPS, USPS, FedEx, DHL, Home Depot, JBHunt, Walmart, Costco, Hub Group, XPO Logistics va boshqa ko‘plab yirik kompaniyalar mavjud.

AQSh hamda O‘zbekiston hududida joylashgan ofislarda professional hamda do‘stona muhit yaratilgan bo‘lib, jamoa a'zolari haydovchi va mijozlar ehtiyojlarini yuqori darajada qondirib kelmoqda.

Ingliz tilida erkin og‘zaki va yozma muloqot qila oladigan, ushbu sohaga qiziqqan insonlarni «Phoenix Cargo» kompaniyasining Toshkentdagi ofisiga taklif etamiz. U yerda kompaniya mutaxassislari soha bo‘yicha tayyorlov ishlari olib borishadi va munosib deb topilganlarga Toshkentdagi bo‘limda dispetcher bo‘lib ishlash imkoni taklif etiladi. Shuni qo‘shimcha qilish kerakki, nomzodlarning jinsi, yoshi yoki millatiga qaralmaydi. Yagona talab – juda yaxshi darajada o‘zlashtirilgan ingliz tili.

Murojaat uchun telefon: +998 90 1210049

E-mail: [email protected]

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid