Jamiyat | 21:15 / 19.05.2016
19309
2 daqiqa o‘qiladi

Yulduz Usmonovadan yangi klip premerasi - “Eh ko‘chalar”

O‘zbek milliy estrada qo‘shiqchiligi san'ati “primadonna”si Yulduz Usmonovaning 2014 yil musiqiy albomidan o‘rin olgan “Eh ko‘chalar” nomli qo‘shig‘iga 9999 studiyasi jamoasi tomonidan klip suratga olindi. 

Qo‘shiq va klip g‘oyasi bu dunyoning qaytar dunyo ekanligi, mol-dunyo va boshqa hoyu-havaslarning o‘tkinchiligi, yengil va qing‘ir yo‘llar orqali topilgan luqmaning insonga tatimasligi haqidagi taassurotlarni uyg‘otib, mehr-oqibatli va halol inson bo‘lib yashashga chorlaydi. 

Primadonnaning imiji, mimikalari va betakror raqslari klip mazmuniga xos ifodalangan.

Bir so‘z bilan aytganda qo‘shiq va unga suratga olingan klip o‘zida bir qancha ijobiy ma'nolarni ifodalab, tinglovchini mushohadaga chorlaydi, ma'naviy ozuqa beradi.

Klipni birinchilardan bo‘lib kun.uz saytining youtube’dagi kanali orqali tomosha qilish mumkin.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish