Zelenskiy Saakashvilining ushlanishi yuzasidan Tbilisidan tushuntirish berishini talab qildi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Gruziyaning sobiq prezidenti, Ukraina fuqarosi Mixail Saakashvili Gruziyada ushlangani haqidagi xabarlardan xavotir bildirgan va Tbilisidan bunga izoh berishni talab qilgan. Bu haqda Zelenskiyning matbuot kotibi Sergey Nikiforov ma'lum qildi.
“Ukraina islohotlar milliy kengashi ijroiya qo‘mitasi raisi Mixail Saakashvilining ushlangani haqidagi xabarlar ortidan e'tiborlik bilan kuzatmoqdamiz. Prezident Vladimir Zelenskiy bu xabarlardan va Gruziyada vaziyatning keyingi rivoji borasida berilayotgan bayonotlar ohangidan xavotirda”, deb yozgan Nikiforov feysbukda.
“Ukraina o‘z fuqarosiga nisbatan bunday xatti-harakatning sababi va barcha tafsilotlari tushuntirilishi yuzasidan Gruziyaga murojaat qiladi”, deb qo‘shimcha qilgan Zelenskiyning matbuot kotibi.
Uning ta'kidlashicha, Ukrainaning Gruziyadagi elchixonasi Saakashvili ushlangani haqida rasmiy ma'lumot olmagan, biroq konsullar unga zarur yordam berish bo‘yicha taraddudni boshlashgan.
1 oktyabrda Saakashvili Gruziyaga qaytganini va Batumida ekanini ma'lum qilgan. U vatanida o‘ziga qamoq jazosi xavf solayotganini bila turib bunga borgan.
Shu kun kechki payt Gruziya bosh vaziri Irakliy Garibashvili Saakashvili ushlanib, turmaga yetkazilganini ma'lum qilgan. Gruziya telekanallari siyosatchi qo‘liga kishan taqilgan holda olib ketilayotgani videolavhalarini namoyish qilgan. Saakashvili hibsga olinishidan oldin “oxirigacha kurashganini” aytgan.
“Pirveli” telekanalining ta'kidlashicha, Gruziyaning sobiq prezidenti Tbilisi yaqinidagi Rustavi shahrida joylashgan turmaga yetkazilgan. Unga bir qator jinoiy ishlar bo‘yicha 9 yilgacha qamoq jazosi xavf solmoqda.
Saakashvilining ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarida uning hibsga olinishidan oldin yozilgan videomurojaati paydo bo‘lgan. Siyosatchi unda hibsga olinishi mumkinligini aytgan va barcha tarafdorlarini saylovlarga borishga chaqirgan.
Mavzuga oid
14:30 / 09.11.2024
Zelenskiy RF bilan xavfsizlik kafolatlarisiz sulh tuzishni rad etdi
10:42 / 08.11.2024
Zelenskiy Budapeshtda RFga yon bosmaslikka chaqirdi
09:08 / 08.11.2024
Zelenskiy: Kursk oblastidagi KXDR askarlari yo‘qotishlarga duchor bo‘lmoqda
08:30 / 07.11.2024