Ukrainada tinçlikka erişiş uçun Rossiya prezidenti Vladimir Putinga har qanday yon bosiş «Ukraina uçun nomaqbul, Yevropa uçun esa öz joniga qasd qilişdek gap» böladi, deya işonç bildirdi himoyalanayotgan davlat prezidenti Volodimir Zelenskiy. 7 noyabr, payşanba kuni Budapeştdagi Yevropa siyosiy hamjamiyatining sammitida sözga çiqib. U «Putinga böysuniş, çekiniş, qandaydir «yon bosiş» takliflari atrofidagi muhokamalarni esladi.
Zelenskiy: Adolatli tinçlikni zaiflik bilan sotib olib bölmaydi
«Zaiflikni körsatiş yoki ba’zi bir Yevropa pozitsiyalari yoki mavqeyi bilan savdo qiliş adolatli tinçlikni sotib olişda yordam beradi degan illyuziyalar bölmasligi kerak. Tinçlik - faqat kuçlilar uçun mukofot. Kuçli Yevropaga muqobil narsa yöq», — dedi u.
Ukraina prezidenti, şuningdek, Rossiya öz mamlakatiga unga köproq hudud kerak bölgani uçun uruş boşlamaganiga işonç bildirdi. «U global hokimiyatni, avval Ukraina ustidan nazoratni, keyin esa bir paytlar sovet yoki imperatorlik hukmronligi ostida bölganidek, barçani nazorat qilişni xohladi», dedi u. Zelenskiy Budapeştdagi sovet tanklarini esladi. «Xuddi Budapeşt kabi, Ukrainaning har bir şahri va barça mamlakatlarimiz xavfsizlik va tinçlikka loyiqdir», — dedi u.
Zelenskiy, şuningdek, AQŞ prezidentlik saylovlarida ğalaba qozongan Donald Tramp bilan suhbati haqida ham ma’lum qildi. «Albatta, biz uning aniq harakatlari qanday bölişini bilmaymiz, ammo Amerika kuçliroq bölişiga umid qilamiz. Amerikaga esa kuçli Yevropa kerak», — deya qöşimça qildi u.
Şoygu: Ğarb tanlov oldida
Şu kuni Rossiya Xavfsizlik kengaşi kotibi Sergey Şoygu Ğarb oldida «Kiyevni moliyalaştirişni davom ettiriş va Ukraina xalqini yanada yöq qiliş yoki hozirgi voqelikni tan olib, muzokaralar boşlaş» tanlovi turganini ta’kidladi. TASS ta’kidlaganidek, Rossiya sobiq mudofaa vaziri jang maydonidagi vaziyat Ukraina foydasiga emasligini ta’kidlagan.
5 noyabr kuni bölib ötgan prezidentlik saylovlarida ğalaba qozongan AQŞning sobiq prezidenti Donald Tramp bir neça bor Ukrainani qöllab-quvvatlaşni kamaytiriş tarafdori ekanligini aytib, uruşni tezroq tugatişga va’da bergandi.













