Rossiya Federatsiyasining Kursk oblastida joylaşgan şimoliy koreyalik askarlarning bir qismi allaqaçon Ukraina qurolli kuçlariga qarşi janglarda qatnaşmoqda va bu jarayonda ilk yöqotişlarga duçor böldi. Bu haqda 7 noyabr, payşanba kuni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Yevropa siyosiy hamjamiyatining sammitidagi iştiroki yakunlari böyiça ötkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Agar dunyoning ayrim davlatlari KXDRning Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşida iştirok etişiga «baland ovoz bilan» munosabat bildirgan bölsa, boşqalari umuman munosabat bildirmadi, ba’zilari esa buni «jimgina» qildi va hozirda Kiyev uşbu uçinçi guruh bilan işlamoqda, dedi Zelenskiy. «Hozir biz ogohlantiramiz va işonamizki, agar Rossiya Federatsiyasiga nisbatan siyosiy bosim va tegişli qurol işlatmasak, unda keyingi qadam Şimoliy Koreya kontingentidan ança kengroq foydalaniş bölişi mumkin, çunki Putin doimo dunyoning reaksiyasiga qaraydi. Menimça, bugungi kunda u yetarli emas», — deya ta’kidladi Ukraina prezidenti.

Kiyev jahon hamjamiyatidan keskin munosabat kutmoqda

Volodimir Zelenskiy 4 noyabr kuni Kursk oblastida allaqaçon 11 ming Şimoliy Koreya askari borligini aytdi. Janubiy Koreya rahbariyati ham xuddi şunday ma’lumotlarni e’lon qildi. «Şimoliy koreyaliklar soni ortib borayotganini köryapmiz, ammo şeriklarimizning munosabati kuçayganini körmayapmiz», deb şikoyat qildi Zelenskiy. Bir kun ötgaç, u dunyo hamjamiyatidan vaziyatga «qat’iy javob» berişni talab qildi.

4 noyabr kuni BMT boş kotibi Antoniu Guterriş Rossiya Federatsiyasi va KXDR örtasidagi harbiy hamkorlikni «xavfli keskinlaşuv» yöli deb atadi. U Şimoliy Koreya qöşinlarining Ukrainaga qarşi uruşda qatnaşiş uçun Rossiyaga jönatilgani haqidagi xabarlardan xavotir bildirdi va «bu mojaroning xalqaro miqyosda bölişiga yöl qöymaslik uçun hamma narsani qilişga» çaqirdi.

5 noyabr kuni Ukraina taşqi işlar vaziri Andrey Sibiga Kiyevga taşrif buyurgan nemis hamkasbi Annalena Berbok bilan Şimoliy Koreyaning uruşga aralaşganiga javoban «qat’iy çoralar köriş zarurligini» muhokama qilganini aytdi. «Biz Yevropani Şimoliy Koreya qöşinlari endi Yevropada suveren Yevropa davlatiga qarşi tajovuzkor uruş olib borayotganini anglab yetişga çaqiramiz», dedi Sibiga.

Umerov: RF şimoliy koreyaliklarni buryatlar qiyofasida yaşiryapti

Ukraina mudofaa vaziri Rustem Umerov 6 noyabr kuni e’lon qilingan Janubiy Koreyaning KBS telekanaliga bergan intervyusida şimoliy koreyaliklar bilan ilk janglar haqida ma’lum qildi. Şu bilan birga, u rossiyaliklar şimoliy koreyaliklarni buryatlar qiyofasida yaşirayotgani va şuning uçun KXDR harbiy xizmatçilarining şaxsini aniqlaş qiyinligini ta’kidladi.