22:14 / 18.09.2018
11600

O‘zbekiston Kubogida yarimfinalning ikkita ishtirokchisi aniqlandi

O‘zbekiston Kubogi chorakfinalidan o‘rin olgan ikkita o‘yin yakunlandi.

«Paxtakor» o‘z maydonida «Lokomotiv»ni qabul qilib, 4:0 hisobida g‘alaba qozondi. Gollar Krimets, Bezerra (2) va Sergeyev hisobiga yozildi.

«Qo‘qon-1912» o‘z maydonida «Qizilqum»ni qabul qilib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Har ikkala gol ham Suhrob Berdiyev hisobiga yozildi.

Natijada «Paxtakor» va «Qo‘qon-1912» jamoalari yarimfinalga chiqishdi. 

Chorakfinalning yana ikkita o‘yini ertaga o‘tkaziladi.

O‘zbekiston Kubogi, 1/4 final
18 sentabr 
Qo‘qon-1912 (Qo‘qon) - Qizilqum (Navoiy) - 2:0
Gollar: Suhrob Berdiyev (16, 77) 

Paxtakor (Toshkent) - Lokomotiv (Toshkent) - 4:0  
Gollar: Yegor Krimets (21), Tiagol Bezerra (53, 82), Igor Sergeyev (89)

19 sentabr
OKMK (Olmaliq) - Mash'al (Muborak)
Andijon (Andijon) - Bunyodkor (Toshkent)

Top