Angliyaning «Brentford» klubi «Paxtakor» futbolçisi Muhammadali Örinboyev transferini e’lon qildi. 18 yoşli hujumkor yarimhimoyaçi yarim yilga ijaraga olingan.
Angliya klubi rasmiy saytida berilgan xabarga köra, klub mavsum yakunida özbekistonlik futbolçini sotib oliş huquqiga ega böladi. U Nil Makfarleyn qöl ostidagi ikkinçi jamoada harakat qiladi.
«Har bir yoş öyinçi Premer-ligada öynaşni orzu qiladi. Men ham öşa orzumga yana bir qadam yaqinlaşganimdan juda ham xursandman. Endi bu yerda borimni berib işlayman va özbek futbolçilari nimalarga qodirligini butun dunyoga körsatmoqçiman», degan Örinboyev klub rasmiy saytiga bergan ilk intervyusida.
Bundan avvalroq Toşkentning «Paxtakor» klubi ham uşbu futbolçisi ingliz klubiga transfer qilingani haqida xabar bergandi.
«Iqtidorli futbolçilarni yetiştirib çiqarişda davom etayotgan «Paxtakor» akademiyasining navbatdagi tarbiyalanuvçisi ham xorij çempionatiga yöl oldi. Hozirgaça Angliyaning professional klublarida özbek futbolçisi faoliyat olib bormagan», - deyilgan klub xabarida.
Ma’lumot uçun, Örinboyev «Paxtakor»da 17 yoşga tölmasdan öz debyutini ötkazgan va öz yoş toifasida terma jamoa a’zosi sanaladi. U «Paxtakor» safida 16 yoşida debyut qilib, hozirgaça 17 öyinda maydonga tuşgan.
Muhammadali Örinboyev muqaddam «Bunyodkor» va «Navbahor» klublarida töp surgan, ayni vaqtda «Metallurg» klubi a’zosi bölgan hujumçi Zabihullo Örinboyevning ukasidir.
«Brentford» klubi APL 20-turidan keyin 22 oçko bilan 15-örinda bormoqda.













