Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni poytaxtining transport tizimi boshidan quriladi
Saudiya Arabistoni o‘ta boy mamlakat hisoblansada, uning poytaxti – Ar-Riyod shahrida haligacha jamoat transporti tizimi mavjud emas. Bu muammoni 2018 yil oxirigacha hal qilish rejalashtirilgan. Shu muddatga qadar hukumat aholi ehtiyojini to‘liq qondira oladigan ulkan shahar transport tarmog‘ini yo‘lga qo‘yish niyatida.
Rejaga ko‘ra, jami 6ta tarmoqqa joylashadigan 85ta metro stansiyasi quriladi. Ularning umumiy uzunligi taxminan 177 kilometrni tashkil etadi. Metro bilan bir paytda shahar avtobuslari ham harakatlana boshlaydi. Loyiha 2012 yilda tatbiq etilgan. O‘sha yili prognozlarga ko‘ra, 2035 yilga borib poytaxt aholisi 50 foizga ko‘payishi va 8 million nafardan ortishi aniqlangandi.

Transport tizimi qurilishi ustida bir necha pudratchilar mehnat qilmoqda. Ularning tan olishiga ko‘ra, bu ularning eng yirik loyihalari hisoblanadi. Tizim qurilishida Saudiya Arabistoniga asos solgan qirol sharafiga nomlangan Mnifa maxsus burg‘ulash mashinalari qo‘llanmoqda. Uskunalarning og‘irligi 1000 tonnadan ortiq. Har bir mashina yer osti tunnelini qazish barobarida haftasiga 100 metr tezlikda tunnellarning ustiga beton plitalar yotqizadi.
Hammasi tayyor bo‘lganda metro liniyalari bo‘ylab Siemens kompaniyasi tomonidan yaratilgan avtomat rejimda harakatlana oladigan poyezdlar yo‘lga tushiriladi. Ularni mashinistlar ham boshqarishi ham mumkin. Vagonlar va stansiyalar konditsionerlar hamda Wi-Fi nuqtalari bilan boyitiladi. Transport tizimi sarf etadigan quvvatning o‘rtacha 20 foizi quyosh elektrostansiyalaridan yetkaziladi.
