«Tadbirkor izlayotgan talaba yo‘q, talaba izlayotgan tadbirkor yo‘q» – Edu Master platformasi asoschisi bilan suhbat
IDP IELTS, CELTA, Cambridge va Khan Academy loyihalarini O‘zbekistonga olib kirgan va xalqaro CPA litsenziyasiga ega tajribali moliyachi va buxgalter Umidjon Ishmuhamedov shu kunlarda Edu Master loyihasiga start berdi.
Loyiha asoschisi Kun.uz’ga bergan intervyusida Edu Master platformasi haqida batafsil ma’lumot berdi.

– Sizni Cambridge International College asoschisi sifatida bilamiz. Bilishimizcha, hozirda Edu Master platformasini yaratibsiz. Ana shu platforma haqida gapirib bering.
– Edu Master, ya’ni “ta’limdagi bilim egasi” platformasini yaratishga sabab ijtimoiy tarmoqlar orqali bizga talaba, ota-ona va tadbirkorlar eng yaxshi ustoz va tadbirkor so‘rab murojaat qilishdi. Ular yaxshi va foydali nimadir o‘rganishni xohlashadi. Demak, aholi orasida bunday muammo bor. Bu muammoni yechish maqsadida ushbu platformani yaratdik.
Bu platforma orqali talaba, ota-ona va tadbirkorlarga matematika, fizika, ingliz tili va boshqa fanlardan eng zo‘r o‘qituvchi yoki eng yaxshi tadbirkorlarni topib berish, ya’ni o‘sha odam bilan qanday bog‘lanishni ko‘rsatadigan platforma yaratdik. Eng qizig‘i bu platforma ichidagi eng yangi narsa bu – PMP loyihasi. Ya’ni project management profession – loyihalarini professional boshqarishni kiritdik.
– PMP loyihasi haqida batafsilroq ma’lumot bering.
– PMP muammolardan kelib chiqdi. Masalan, tadbirkorlarning xodimlariga bitta loyiha berilgan, xodimlarda esa bu loyihani boshqarishda muammo bo‘lyapti. Ya’ni ularda tajriba yo‘qligi sabab loyihani tadbirkor xohlayotgandek qilib bajara olmayotgan holatlar juda ham ko‘p. Tadbirkorlarda loyihalar ko‘p bo‘ladi. Agar xodimda tajriba bo‘lmasa, u loyihani bajarolmay tadbirkorning vaqtini oladi. Bunday holat davlat miqyosida ham yuzaga keladi. Masalan, chiqqan qarorning amalda bajarilmasligi, yaxshi qaror bo‘lganiga qaramasdan, amalda uning maqsadiga yetkazilmasligining asosiy sababi biriktirilgan odamning boshqaruvdagi tajriba yoki bilimi yetishmasligi bo‘ladi. PMP esa loyihani qanday boshlash, yurgizish, qanday strategiya qilish kerakligini o‘rgatadi va o‘rgangan xodimlarda tajriba orttirilib, loyihaning qisqa muddatda bajarilishiga erishiladi. Chunki har qanday loyiha boshida yaxshi tuyuladi. Ammo motivatsiya o‘lgandan keyin, 3 oy vaqt o‘tgandan so‘ng o‘rtada qolib ketganligi sabab maqsadga erisholmaslik ehtimoli yuqori bo‘ladi. Shularning oldini olish uchun PMP loyihasini olib kirdik.
Yana bir holat bor. Ish qidirayotgan aholi ko‘p, ammo ularda kerakli tajriba yo‘q. Xuddi shu muammo tadbirkorda ham bor. Ya’ni tadbirkor xodimni diplomiga qarab emas, qo‘lidan nima ish kelishini so‘raydi. Sababi hozirda yoshlar xohlayotgan tadbirkor yo‘q, yoki tadbirkor xohlayotgan yoshlar yo‘q. Biz o‘rtadagi katta bo‘shliqni tahlil qilib ko‘rib, Edu Master'ni yaratdik va unda PMP loyihasi kirgizdik.
Yaqinda prezidentimiz aytganidek, 32 ming nafar loyihachini chiqarishimiz kerak. 32 ming loyihachini chiqarish uchun biz tadbirkor, menejerlardan xodimlarining ilm darajasini oshirishini so‘raymiz. Bu bilimni esa loyihani boshidan oxirigacha boshqarishni o‘rganib olish mumkin bo‘ladi.
– PMP bo‘yicha O‘zbekiston hududida boshqa loyihalar bormi? Agar bo‘lsa, loyihangiz boshqalarnikidan nimasi bilan farqlanadi?
– Albatta bor. Boshqa korxona aynan PMP loyihasi bo‘yicha ancha yildan beri ishlab keladi. Bizning loyihamizning farqi esa bizda stimul trane borligida. Bizda amaliyot ko‘p bo‘ladi. Ya’ni bizning loyihada qatnashgan inson nafaqat nazariy, balki amaliy bilimni ham oladi. Ularga keys stadi, ya’ni real voqelik beriladi. Ular o‘zlarini loyihaning boshidan boshlab tugatishgacha sinab ko‘rishadi. Bu bo‘yicha bizda tizim o‘rnatilgan. Qatnashayotgan xodim o‘z username va paroli orqali kiradi. Bu komanda orqali bajariladi. Bizda 3 kun komandaga qo‘yiladi va loyihalarni ishlashni boshlashadi. Bundan maqsad qatnashuvchiga 20-30 foiz nazariy bilimni beribgina qolmasdan, ular loyihaning ichiga kirib yechib o‘zlarini tajribada sinab ko‘rish. Misollarni insonning o‘zi tajriba qilib yechganda unda 20 foiz emas, 70-80 foiz tajriba bo‘ladi. Xodimlarda bizning treningni bitirib chiqqandan keyin tadbirkor bergan loyihani bajarish imkoniyati yuqori bo‘ladi. Shveytsariyaning Ss kompaniyasi bilan shartnoma tuzganimizda menga eng yoqqan narsa unda malaka hosil bo‘lganligi bo‘ldi. Chunki stimulatsiyani boshidan oxirigacha yechganda odamda loyihani bajarish imkoniyati oshadi. Masalan, universitetda bizga bilimni faqat yozdirmasdan, doskaga chiqib gapirtirishar edi. Chunki bunda bilimning o‘zingizda qolish imkoniyati oshadi. Aynan bizning PMP loyihamizda ham amaliyotning ko‘proq bo‘lishi, muammoli holatlar berilishi uni boshqa loyihalardan ajratib turadi. Boshqalarda real voqelikda amaliyot qilishi mumkin, ammo qiziqishga undovchi, turtki beruvchi darslar yo‘q. Aynan IT sohasida yo‘q. Sababi bu yerda 800ta loyiha menejeridan olingan ma’lumotlar qo‘yilgan. Ya’ni xalqaro doirada loyihalar qanday yechilishi va uning hozirgi paytda amalda qanaqa bajarilishini amaliyotda ko‘rib chiqamiz. Ya’ni 5 kunning 3 kuni stimulyatsiyalarni o‘rganish bilan o‘tkaziladi.
– Bularni o‘rganishga 5 kun yetadimi?
– Aslida, 5 kun kam, ammo yaxshi tomoni insonga beriladigan parol va username 1 yilga amal qiladi. Ya’ni ish tugaganidan keyin, bizning bazamizga kirib, qolgan ma’lumot va keys stadilarni o‘rganish, bilimini 100 foizga oshirish imkoniyati mavjud. Sababi ko‘p tadbirkorlarda vaqtning qisqaligi muammo bo‘ladi. Chunki xodim ertalabdan kechgacha ishlashi kerak, uning vaqti yo‘q. Bizning 5 kunlik treningimiz ertalabdan kechgacha bo‘ladi. Xodim bunda qatnashganda keyin, u ishxonaga borganda o‘sha narsani amalda bajaradi. Esidan chiqib qolgan paytda esa bizni bazamizga kirib, qolgan ma’lumotlarni olib, loyihalarda qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Maqsadimiz 5 kun stimulatsiyalarni o‘rganib, boshqaruvni yo‘lga qo‘yib olish, qolgan paytda esa bazadan qolgan ilmlarni o‘rganish. Boshqa PMP'larda 3-6 oy o‘qitiladi va bu juda uzoq muddat, chunki xodimlarning boshqa ishi va loyihalari ham bo‘lib, ularda noqulaylik uyg‘otadi. Maqsadimiz ham ularning vaqtiga to‘g‘rilash bo‘lgan.
– Xodimlarning darajalari har xil bo‘lishi hech kimga sir emas. Nimadir o‘rganish uchun kelganlarning darajasini qanday aniqlaysiz?
– Edu Master loyihamizning o‘zida hozirda moliyani boshqarish bo‘yicha trening o‘tyapmiz. Loyihada har xil bilim egalari bo‘lganligi sabab aynan Edu Master'da platforma yaratdik. Ya’ni IOS va Android orqali buni telefonlariga yozib olishlari mumkin. Aynan Edu Master PMP'ga yozilayotgan vaqtda savollar xodimning bilim darajasini aniqlash uchun chiqishni boshlaydi. Ularning bilim darajasini aniqlab guruhga bo‘lamiz. Ularning bilim darajasi past balandligiga qarab bilim berishni rejalashtirdik.
– Edu Master platformasi orqali PMPdan tashqari yana nimalarni o‘rgansa bo‘ladi?
– PMP bizning amalda bajarilayotgan asosiy loyihamiz. Bundan tashqari, HR – inson resurslarini boshqarish bo‘yicha muammo ko‘ryapmiz. Ko‘p korxonalarda xodimlarni ishga olish yoki ishdan bo‘shatish bo‘yicha sistema yo‘lga qo‘yilmagan. Aynan shu loyihani 2021 yilda Edu Master orqali amalga oshirmoqchimiz. Chunki HR yo‘nalishi korxonaning yuragi hisoblanadi. Treningda bu haqda tadbirkorlarga aytganimizda ularda juda katta signal yondi. Bizning tadbirkorlar HR'ni xodimlar bilan ishlash va ularning kelib ketishini nazorat qilish deb tushunishadi. Aynan men HR vazifalarini tushuntirganimda, ular uni korxonaning yuragi ekanligini tushundilar. HR bo‘yicha xalqaro darajadagi bilimni o‘rgatishni Edu Masterda yo‘lga qo‘yyapmiz. Ya’ni bizda HR o‘qigan xodimlar kelajakda tadbirkorlarga bu sistemani yo‘lga qo‘yishga sababchi bo‘lishadi.
– HR bo‘yicha kursning davomiyligi ham 5 kunmi?
– Yo‘q. HR 1-2 oylik bo‘ladi. Chunki uning vazifalari ko‘p va ularni o‘z vaqtida va yo‘nalishida o‘rganish kerak. Men noyabr oyida tadbirkorlarga moliyani boshqarish bo‘yicha trening o‘tdim. Treningdan oldin bu PMP ishlashiga asos bo‘ldi. PMP ishlaydimi degan savolni berib, bu uchun stress testni o‘tkazishga qaror qildim. Ya’ni menda buxgalteriya va moliya bo‘yicha tajriba bo‘lganligi uchun oldimizga insonlarga bu kerakmi degan savolni qo‘yib, dastlab test qildik. PMP'ni dekabrda qilsak, noyabrda moliyani boshqarish bo‘yicha trening o‘tdim. Buni oktyabrda e’lon qilik. E’lon qilganimizda 500ga yaqin odam registratsiya qildi. Lekin ulardan faqat 113 nafarini qabul qildik. Chunki moliyani boshqarish asosan tadbirkorlarga bo‘lganligi sababli, ro‘yxatdan talaba va qiziquvchilarni keyingi bosqich PMP'ga yo‘naltirdik. Lekin hozir 113 nafar tadbirkorni INHA universitetida o‘qitishni boshladik. O‘qitishni boshlagandan keyin PMP loyihasining O‘zbekiston uchun juda ham kerakligini tushundim. Haqiqatdan ham tadbirkorlarni xalqaro darajaga olib chiqish uchun ertaga chetdan investitsiyalar kirib kelayotgan paytda ular O‘zbekistondagi bozorni va statistikalarni o‘rganadi. Lekin bizning tadbirkorlar unaqa emas. Ular harakatni birinchi boshlaydi, ilmni keyin oladi. Shu sabab ilmni berishni tezlashtiraylik, O‘zbekistonda tadbirkorlarni erta bankrot bo‘lish holatidan olib chiqish maqsadida biz moliyaviy oqim, pul oqimlarini qanday boshqarish kerakligi va 16:33… qanday tahlil qilish kerakligi va tahlil qilingandan keyingi yo‘nalishda qanday strategiyalar qo‘yish kerakligi to‘g‘risida hozir trening o‘tdik. Shunda 113 nafar tadbirkor keyingi trening qachon bo‘ladi deb so‘rashdi. Keyingi treningni dekabrda emas, yanvarda qilishga qaror qildik.
– Ishbilarmonlarga ko‘plab trening o‘tadigan inson sifatida O‘zbekistondagi tadbirkorlarga qanday baho bergan bo‘lardingiz?
– Men 2-3 soatli treninglar o‘tganman, ammo chuqur treningni noyabr oyida o‘tdim. Ungacha ertalabdan kechgacha trening o‘tmaganman. Buning uchun chuqur tayyorlandik va shunda bildikki, biz plankani juda yuqori 100-qavat qilib qo‘yib yuboribmiz. Shunda men 10-20-qavatga tushishga majbur bo‘ldim. Ammo shunda ham tadbirkorlar yerto‘lasiga tushmayman, sizlar 10-qavatga ko‘tarilasizlar, dedim. Chunki bilim darajasi juda kamligini his qildik. Juda ko‘p tadbirkorlarning harakati zo‘r, ammo bilimning yetishmasligi sabab boshidan boshlab o‘qitishni boshladik. Avval muammosini hal qila oladigan bilimni o‘rgansin. Moliyaviy tahlilda pul oqimi degan hisobot bor. Ularga shu hisobotni berish niyatida edik. Lekin bu hisobotni bilish uchun hali ko‘p narsa o‘rganishlari kerakligini bildik va uni boshidan boshlashga qaror qildik. Shu sabab keyingi treninglarda guruhga ajratishni boshladik. Yanvarda o‘tadigan treningda tadbirkorning bilim darajasiga qarab guruhga joylaymiz.
– Cambridge International College talabalariga ham PMP bo‘yicha darslar o‘tiladimi?
– Albatta, lekin biz yaqinda Cambridge International University'ni ham ochdik. Chunki Cambridge International College'da faundeyshn o‘qitilyapti. Shu yo‘nalishda o‘qishni davom ettirish uchun yoshlarga imkoniyat qilib Cambridge International University'ni ochdik. Aynan Cambridje International University'da o‘qigan talabalar 4-kursni bitirayotganda PMP loyihasini bitirib chiqishlarini xohlaymiz va shu loyihani qo‘yamiz ham. Chunki ular bitirib, kelajakda o‘zlari xohlagan korxonaga kirayotganlarida qo‘shimcha Ss'ni, ya’ni Shveytsariya sertifikatini oladi va loyihalarni bajara oladi.
– Narxlar haqida ma’lumot berasizmi?
– Hozir bizda birinchi PMP loyihamiz 7-20 dekabrgacha bo‘ladi. Asosan Germaniyadan mutaxassis olib kelyapmiz. Juda katta korxonalar o‘z menejerlarini yuborishyapti. Chunki Germaniyadan keladigan tajribali mutaxassis Germaniyadagi katta korxonalarga treninglar o‘tgan. Shu sababli narx 12 million deb belgilangan. Ammo siz xodimlaringizning ko‘pini bizga jo‘natadigan bo‘lsangiz, chegirmalar mavjud.
– PMP loyihasi haqida batafsil ma’lumot olish uchun qayerga murojaat qilsa bo‘ladi?
– Bizning Edu-Master.uz veb saytimizdan ushbu ma’lumotlarni olish mumkin. Yoki ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizdan keyingi treninglar qachon bo‘lishi va qay tarzda bo‘lishini bilish imkoniyati bor. Dekabrdagi germaniyalik mutaxassis bilan trening rus va ingliz tillarida bo‘ladi. Lekin 2021 yildan boshlab o‘zbek tilida bo‘lishini rejalashtirganmiz. Chunki simulatsiyalarni hozir tarjimonlarimiz o‘zbek tiliga o‘giryapti va bazaga joylash niyatidamiz. 2021 yilning yanvar oyida o‘zbek tilida bo‘ladigan sanalarini ijtimoiy tarmoqlarda e’lonimizni kuzatib borishsin.
Murojaat uchun:
• Website - www.edu-master.uz
• Telegram - www.t.me/edu_masteruz
• Instagram - www.instagram.com/edumaster.uz
• Facebook - www.facebook.com/edumasteruzb
• LinkedIn - www.linkedin.com/company/edu-masteruz/
Tavsiya etamiz
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘l tunneli qurilishi boshlandi
Jahon | 17:12 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp va Zelenskiyning Vatikandagi 15 daqiqalik suhbati tafsilotlari ma’lum qilindi
Jahon | 18:55
-
Reytinglar qulamoqda – amerikaliklar Donald Trampning birinchi 100 kunini baholadi
Jahon | 18:45
-
«Biz endigina boshladik». Tramp prezidentligining dastlabki 100 kunidagi yutuqlari bilan maqtandi
Jahon | 18:44
-
Italiyada milliarder Maykl Linchning cho‘kib ketgan superyaxtasi suv tubidan olib chiqiladi
Jahon | 18:29