Oliy Majlis Senatining oltinçi yalpi majlisida «Aholiga ijtimoiy xizmatlar körsatiş tizimi yanada takomillaştirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi qonun körib çiqildi.

Mazkur qonun aholiga ijtimoiy xizmatlar körsatiş tizimini takomillaştirişga qaratilgan. Qonun bilan aholiga pensiya tayinlaş tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalarini faol tatbiq etgan holda, davlat tomonidan körsatilayotgan xizmatlar sifatini oşiriş maqsadida «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti töğrisida»gi qonunga pensiya oliş yoşiga tölgan (erkaklar 60 yoş, ayollar 55 yoş) fuqarolarga yoşga doir pensiyani ularning alohida murojaatini talab etmagan holda proaktiv şaklda tayinlaş tartibini belgilaşga oid özgartiriş va qöşimçalar kiritilmoqda.

Mazkur tartib amaliyotga tatbiq etilişi natijasida fuqarolardan pensiya tayinlaş uçun Pensiya jamğarmasining hududiy bölinmasiga yoki Davlat xizmatlari markaziga murojaat qiliş talab etilmaydi.

Bundan taşqari, pensiya yoşiga yetgan fuqarolarga qonunçilikda belgilangan talablar doirasida pensiya tayinlaş haqida qaror qabul qilinganida ularning telefon raqamlariga pensiya tayinlanganligi va uning miqdori töğrisida sms xabar yuboriladi.

Qonunda şuningdek, fuqaro pensiya yoşiga yetib, ammo mehnat faoliyatini davom ettirib, keyinroq yoşga doir pensiya oliş istagi bölganida, proaktiv şaklda tayinlangan yoşga doir pensiyani rad qiliş tartibini ham joriy etiş nazarda tutilyapti.

Şuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga barça nafaqalarni tayinlaş va tölaş Ijtimoiy himoya milliy agentligi vakolatiga ötkazilgani munosabati bilan «Davlat boji töğrisida»gi va «Aholi bandligi töğrisida»gi qonunlarga ham özgartiriş va qöşimçalar kiritilmoqda.

Senatorlarning fikriça, belgilanayotgan normalar fuqarolarga pensiya ta’minoti böyiça körsatiladigan davlat xizmatlari sifatini oşirişga hamda ortiqça byurokratik tösiqlar bartaraf etilişiga xizmat qiladi.

Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.