O‘zbekistonda o‘zak hujayrani ko‘chirib o‘tkazish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi
Mazkur jarrohlik amaliyotini o‘tkazish 2022–2023 yillarda tatbiq etilishi kutilmoqda.
Bolalar milliy tibbiyot markazi gematologiya va onkologiya bo‘limi mudiri Kamol Iskandarov O‘zbekistonda yo‘lga qo‘yilayotgan yangi tibbiy amaliyotlar haqida ma'lumot berdi.
Unga ko‘ra, O‘zbekistonda yuqori dozada kimyoterapiya va o‘zak hujayralarni ko‘chirib o‘tkazish amaliyoti hozirgacha o‘tkazilmagan.
«Bolalar milliy tibbiyot markazida xalqaro protokollar asosida davolashni yo‘lga qo‘ydik. Gematologiya va onkologiya bo‘limida yaqinda yuqori dozadagi kimyoterapiya amalga oshirila boshlandi.
Juda qimmat hisoblangan jarayon – o‘zak hujayralarni ko‘chirib o‘tkazish amaliyotini tatbiq qilish ham rejalashtirilgan. Bu 2022–2023 yillarda amalga oshiriladi. Buning uchun normativ hujjat qabul qilinishi, maxsus izolyatsion bokslar, o‘zak hujayralarni ajratib olish, ularni saqlash, amaliyotdan keyingi asoratlarni bartaraf etish bo‘yicha bo‘limlar tashkil qilinishi kerak. Shundan keyin bu amaliyotni o‘tkazish mumkin bo‘ladi.
Mazkur amaliyot davolanish uchun xorijga ketishga majbur bo‘layotgan bemorlarni shu yerda tuzatish imkonini beradi», – dedi Iskandarov Kun.uz'ga bergan intervyusida.
Ma'lumot uchun, o‘zak hujayralarni ko‘chirib o‘tkazish (suyak ko‘migi transplantatsiyasi) amaliyoti og‘ir qon kasalliklarini davolashda asosiy choralardan biri hisoblanadi.
Mavzuga oid
11:00 / 15.10.2024
O‘zbekiston va Vengriya saraton kasalligini davolash sohasida hamkorlik qiladi
20:54 / 05.06.2024
“Dalillarga asoslangan harakat” – O‘zbekistonda ilk marta bolalar onkologiyasi va gematologiyasi bo‘yicha xalqaro kongress o‘tkazilmoqda
08:32 / 29.05.2024
O‘zbekistonga rossiyalik pediatriya va onkologiya sohasi mutaxassislari yuboriladi
19:11 / 23.05.2024