Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meksikada mafiya prezidentga tahdid qilmoqda
Foto: AP Photo / Moises Castillo
Meksika mafiyasi prezident Andres Manuel Lopes Obradorga tahdid qila boshladi. Mafiya Guanaxuato shtatidagi Selayya shahridagi ko‘prikda Lopes Obradorga tahdid bildirilgan plakatni osib qo‘ygan.
Noticaribe portalining xabar berishicha, “Santa-Rosa-de-Lima” karteli o‘zining Bosqon (Kuvalda) laqabli yetakchisi prezidentdan Guanaxuatodagi maxsus operatsiyani to‘xtatishni so‘ragan, aks holda katta muammolar va zo‘ravonliklar va'da qilgan plakatlarni osib qo‘ygan.
Ta'kidlanishicha, Guanaxuatoda yonilg‘i quvurlaridan yonilg‘i o‘g‘irlovchi mafiya – “uachikoleros”ga qarshi operatsiya olib borilmoqda va Bosqon u yerdan dengiz piyoda qo‘shinlari va harbiylarni chaqirtirib olishni talab qilgan. Bunga esa operatsiya vaqtida kartel yetakchilaridan birining federal kuchlar bilan otishmada o‘lgani sabab qilib ko‘rsatilgan.
Oxirgi yillarda shtatda zo‘ravonlik avj olgan. 2018 yil mayida bu yerda bir necha kun ichida 60 dan ko‘proq odam, iyulda esa yana 40 odam o‘ldirilgan. Bir nechta narkokartel Guanaxuatoga egalik qilish uchun talashib keladi.
Lopes Obrador 2018 yil oxirida prezident lavozimini egallagach, yonilg‘i o‘g‘irlanishiga qarshi kurashni e'lon qilgan. Hukumat quvurlardan yonilg‘i o‘g‘irlanishiga chek qo‘yish maqsadida uni sisternalarda yetkazishga o‘tgan. Bundan tashqari, barcha neftni qayta ishlovchi zavodlar va transport tizimining strategik obektlariga qo‘shinlar kiritilgan. Bularning barchasi yoqilg‘i quyish shoxobchalariga benzin yetkazilishida uzilishlar bo‘lishi va katta navbatlar yuzaga kelishiga olib kelgan.
Mavzuga oid
23:04 / 03.03.2026
Meksikada narkokartel yetakchisi «El Mencho» oltin tobutda dafn etildi
21:30 / 03.03.2026
FIFA prezidenti Meksika jahon chempionatini qabul qilishga tayyorligiga ishonch bildirdi
23:00 / 24.02.2026
Meksikada narkokartel rahbari o‘ldirilgandan keyingi tartibsizliklar to‘xtadi
11:57 / 24.02.2026