Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron Suriyada mobil aloqani yo‘lga qo‘yadi
Eron Suriya bilan iqtisodiy aloqalarni kengaytirish haqidagi kelishuv doirasida Suriya hududida mobil aloqa tarmog‘ini ishga tushirish huquqini oladi, deb ma'lum qildi Reuters axborot agentligi.
Suriya bosh vaziri Imad Xamis va Eron vitse-prezidenti Isxoq Jahongiriy ishtirok etgan marosimda davlatlar hamfikrlik haqida 5 ta bayonnoma imzolashgan. Ularda Suriya hukumatiga Eron tomondan ko‘p milliardlik moliyaviy ko‘mak taqdim qilinishi aytib o‘tilgan.
Eronning "Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi" harbiy-siyosiy tashkiloti bilan bog‘langan konsorsium 2009 yilda Eron mobil telekommunikatsion kompaniyasi aksiyalarining nazorat paketini xarid qilgandan keyin Erondagi telekommunikatsion bozorning katta hajmini nazorat qiladi.
Ma'lum qilinishicha, "Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi" Suriyadagi harbiy ixtiloflarda ishtirok etgan.