16:06 / 16.01.2023
11780

Strategik korxonalar Strategik islohotlar agentligiga o‘tkaziladi

Prezident energetika tarmog‘ini moliyalashtirishga yondashuvni o‘zgartirish zarurligini ko‘rsatib o‘tdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident energetika tarmog‘ini moliyalashtirishga yondashuvni o‘zgartirish zarurligini ko‘rsatib o‘tdi.

«Tan olish kerak, agar tarmoq korxonalarining ayrim moliyaviy masalalari yechib berilganida edi, daromadlarning bir qismi investitsiya qilinib, tarmoqlarni yangilashga yo‘naltirilganida vaziyat bunchalik og‘ir bo‘lmasdi.

Bu Qo‘chqorovga bog‘liq. Bilaman, sen pul iqtisod qilishni yaxshi ko‘rasan, mana nima bo‘ldi butun qilgan ibodatimiz? Shuni xohlaganmidinglar, moliya vaziring bilan birga?

Bu masalada ham mas’ullar e’tiborsizlik qilgan. Endi bugundan boshlab boshqacha tizim qilamiz. Strategik korxonalarni Strategik islohotlar agentligiga o‘tkazamiz. O‘zimiz shug‘ullanamiz, moliya shug‘ullanmadi.

Transformatsiya pulni olish bilan bo‘lmaydi, noinsoflar. Transformatsiya islohot bilan bo‘ladi», deya qayd etdi prezident.

Iqtisodiyot va moliya vaziriga energetika sohasi korxonalarida hisob-kitoblarni tartibga solish va moliyaviy masalalarni hal qilish bo‘yicha topshiriq berildi.

Top