Özbekistonda elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berişdagi uzilişlar muammosi 2027-2030 yillargaça töliq hal etiladi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati rahbari Hasan Toşxöjayev 22 aprel kungi matbuot anjumanida aytib ötdi, deya xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

“Elektr energiyasi yetkazib beriş sohasida “iznos” – eskirib ketganlik darajasi qariyb 40 foizni taşkil qiladi. 274 ming kilometrlik elektr havo tarmoqlarimiz mavjud bölsa, şundan 122 ming kilometri, ya’ni 44,5 foizi eskirgan. 94 mingdan ziyod transformatorlarimizdan eskirganlari 33 mingtani taşkil qilyapti.

Toşkent şahrida ham uzilişlar bölayotgani haqida savol berdingiz. Ötgan yili davlatimiz rahbarining şaxsan e’tiborlari, ğamxörliklari bilan sohaga juda katta e’tibor qaratildi. Xabaringlar bor, 14,5 trln söm mablağ ajratildi. Biz bu mablağga sohani ança-munça modernizatsiya qiliş işlarini amalga oşirib oldik. Töğri, 100 foiz ta’mirlab oldik deyolmaymiz. Qilinişi kerak bölgan işlarni 100 foiz deb oladigan bölsak, bu mablağga 18-20 foizi qilindi”, – dedi Toşxöjayev.

Uning sözlariga köra, ajratilgan mablağ hisobiga ötgan yili respublika böylab 100 ta podstansiya ta’mirlangan, yangilari qurilgan, 11 mingdan ortiq transformator ta’mirlangan, 34 ming kilometrlik havo uzatiş tarmoqlari yotqizilgan, bir neçta yangi generatsiyalar işga tuşirilgan: umumiy 2067 MW quvvat tarmoqqa yangi qöşilib, jami quvvat 21,7 GW'ga yetgan.

“Lekin baribir sohada qilinişi kerak bölgan işlar nihoyatda köp. Bu degani narx oşdi va biz bir zumda iste’molçilarga sifatli, uzluksiz, barqaror elektr energiyasi yetkazib beramiz degani emas. Aytib ötganimdek, bir yilda katta mablağ evaziga 18-20 foiz işni amalga oşirgan bölsak, oldimizda yana kamida 3-4 yillik iş turibdi. 3-4 yildan keyin – 2027-2030 yillargaça nasib qilsa elektr energiyasi yetkazib berişda ham, tabiiy gaz yetkazib berişda ham heç qanday muammolar bölmaydi deb va’da bera olamiz.

Sababi tizimdagi korxonalar şu paytgaça juda katta miqdorda – har yili 14 trln sömgaça subsidiyalaştiriladi. Endi agar şu subsidiyalarga sarflab kelingan mablağlar sohani modernizatsiya qilişga yönaltirilsa, biz ança-munça işni amalga oşirib olişimiz mumkin böladi. Qolaversa, sohani subsidiyalaşga 14 trln söm, ötgan yili tarmoqni modernizatsiya qilişga 14,5 trln söm ajratildi dedik, mana şu ortadigan summani boşqa sohalarga – ijtimoiy soha obektlarini qurişga, maktablarga, boğçalarga, poliklinikalarga, tibbiyot muassasalarining ta’minotini yaxşilaşga sarflaş mumkin böladi.

Aytib ötganimdek, darrov zör böladi degan kafolatni bermayman. Oldimizda 3-4 yillik uzoq va oğir, maşaqqatli mehnat turibdi”, – dedi energetika vazirining matbuot kotibi.

Hasan Toşxöjayevga köra, ötgan kuz-qiş mavsumida avariyaviy öçişlar soni bir yil oldingiga nisbatan 6,5 baravarga kamaygan.

“Ötgan yili 14,5 trln sömga ta’mirlaş işlarini amalga oşirdik, deb aytdim. Buning samarasini nazarimda bu yil Toşkent şahrida hamma sezdi, nazarimda. Respublika miqyosida oladigan bölsak, 2022-2023 kuz-qiş mavsumida 7943 ta avariyaviy öçişlar bölgan edi. 2023-2024 yilgi kuz-qiş mavsumida mana şunday avariyaviy öçişlar soni 1259 taga, ya’ni qariyb 6,5 baravarga qisqardi. Bu – juda katta gap.

18-20 foiz atrofida qilingan iş bilan şunçalik natijaga erişdik. Endi tasavvur qilinglar, mana şu işlar kelgusi 3-4 yilda ham agar amalga oşiriladigan bölsa, biz öçişlar va boşqa holatlar böyiça vaziyatni qay darajada yaxşilaymiz. Töğri, bu bir kunda böladigan iş emas. Yuqorida ham aytdim, ma’lum bir muddat kerak. Öçişlar bölib turişi mumkin, lekin oldingidek emas”, – dedi u.

Eslatib ötamiz, energetika vaziri Jörabek Mirzamahmudov 2023 yil dekabrda bergan interyusida Özbekiston “kelasi yildan boşlab elektr energiyasiga bölgan ehtiyojini 100 foiz qoplay oladigan bölişi”ni aytgandi.

Vazirning aytişiça, 2024 yil oxiridan boşlab energotizimda lokal darajadagi turli avariyalar röy berib turişi mumkin, lekin elektr energiyasini işlab çiqariş körsatkiçlari eng yuqori iste’mol davrlarida ham talabni qondira oladigan darajaga yetadi. “Agar bu vazifani bajara olmasak, men va tizimdagi barça mas’ullar işlaşga noloyiqmiz”, degandi Mirzamahmudov.