Qonunçilik palatasi deputati, “Yuksaliş” umummilliy harakati rahbari Bobur Bekmurodov öz Telegram-kanalida 1 maydan e’tiboran aholi uçun elektr energiyasi va tabiiy gaz tariflari özgarişi hamda ijtimoiy normalar kiritilişiga munosabat bildirdi.
“Ta’kidlaş kerak, Özbekistonda elektr energiyasi iste’moliga tölovlar uning tannarxiga mos kelmaydi, oradagi tafovut davlat budjetidan subsidiyalar hisobiga qoplanadi. Bunday yondaşuv fuqarolarning moddiy imkoniyatidan qat’i nazar, butun aholi uçun qöllaniladi.
Energiya resurslarining jiddiy tanqisligi şaroitida moddiy ta’minlangan fuqarolar xarajatlari uçun davlat budjetidan dotatsiya olmasligi kerak, deb hisoblaymiz.
Energetika vazirligi hisob-kitoblariga köra, hozir aholining 15 foizi oyiga 300 kWh'dan ortiq elektr energiyasini iste’mol qiladi. 75 foiz aholining iste’moli esa 200 kWh'dan oşmaydi.
Albatta, Özbekistonning energetika tarmoği tub islohotlarga muhtoj, şu munosabat bilan tariflarni özgartiriş va bozor mexanizmlarini joriy etiş zarur”, – dedi deputat.
Bobur Bekmurodovga köra, uşbu jarayonda mas’ul vazirlik va idoralar quyidagilarni e’tiborga olişi kerak:
- Qaror ijrosi doirasida markaziy isitiş tizimi va tabiiy gazdan foydalaniş imkoni yöq hududlardagi şaroitlarni, bu hududlarda asosiy issiqlik manbalari peçka va konditsionerlar ekanini hisobga oliş zarur.
- Energetika vazirligi yuqori kuçlaniş bölganda maişiy texnikalariga zarar yetgan iste’molçilarga kompensatsiya tölaş mexanizmlarini işlab çiqişi zarur.
- Hukumat davlat budjetidan energiya tarmoğini modernizatsiya qilişga ajratilgan mablağlarning oçiqligi va şaffofligini ta’minlaşi kerak.
“Xorijiy tajribani örganiş ham muhim. Masalan, differensiyalangan tariflar qöllaniladigan mamlakatlarda elektr energiyasiga talab yuqori bölgan paytlarda (anomal havo şaroitlarida) tarif normalari sezilarli darajada oşiriladi”, – deya qayd etdi “Yuksaliş” yetakçisi.
Eslatib ötamiz, ijtimoiy norma elektr energiyasi uçun oyiga 200 kWh'gacha, tabiiy gaz uçun mart-oktyabr oylarida oyiga 100 kubometrgaça, noyabr-fevral oylarida oyiga 500 kubometrgaça deb belgilandi.













