Ötgan yil yozida Qoraqalpoğistonda sodir bölgan tartibsizliklarda qatnaşgan 22 kişiga nisbatan bugun, 31 yanvar kuni Buxoro viloyati sudida hukm öqildi. Aholini ommaviy tartibsizlikka da’vat qiluvçi materiallarni tarqatişda ayblangan jurnalist Lolagul Qallixanova qamalmaydigan böldi va unga nisbatan ozodlikni çeklaş bilan boğliq jazo berildi.
Sud jarayoni yakunlangaç, Lolagul Qallixanova OAV vakillarining savollariga javob berdi va qilgan xatosidan afsusda ekanini aytdi.
– Siz uçun 11 yil [qamoq jazosi] söralgandi, hozir ozodsiz, bu möjiza emasmi? Kimdir siz uçun bu möjizani qilmadimi?
– Menimça, ayol bölganim inobatga olingan. Yaqinda 34 yoşga tölaman, 11 yil berişsa, bola tuğiş yoşidan ötib ketardim. Şuning uçun yengillik berildi deb öylayman.
– Sizni xalqaro maydonda ham jurnalist, ham siyosiy faol deb ta’riflaşmoqda. Siz kimsiz özi?
– Men jurnalistman. Konstitutsiyadagi Qoraqalpoğistonga oid özgarişlarga keskin qarşilik qilganim uçun siyosiy faol deb ta’riflaşgandir.
– Eng katta xatongiz nima deb öylaysiz?
– Eng katta xato işimni 25 iyundan 1 iyulgaça bölgan vaqtda qildim. Mening kanalimda 60 ming öquvçi bor edi, ularni özim işongan, men bilan bir tomonda bölgan odamlar deb bilib materiallar tayyorlab mitinglarga sabab böldim va xato qildim.
Jurnalistikada «exo chamber» degan narsa bor. Bir xonaga kirsangiz exo çiqadi, jamiyat ham şunaqa, özi bilan bir xil fikrlaydigan odamlar orasiga kirib qolsa, odam öşa «exo chamber»ga tuşib qoladi. Menda ham şunaqa holat böldi. Men faqat qarşi fikrli odamlarni eşitib, telefonimga kelgan xabarlar, kanalimning botiga kelayotgan xabarlardan iborat muhitga tuşib qoldim. Şu tariqa hamma şunday öylayapti deb jinoyat sodir etib qöydim. Men qilgan xato jurnalistlarga örnak bölişi kerak.
Söz erkinligi? Men 25 iyundan 1 iyulgaça nima yozgan bölsam, heç kim menga qarşilik qilgani yöq. Qoraqalpoq tilida ham köp marta tanqidlar yozganman va birov menga qarşilik qilgani yöq.
– Hamkorlaringiz kim edi?
– Bir özim harakat qilganman. Bölayotgan voqealarni yolğiz özim yoritganman. Öşa vaqtda menda ruhiy portlaş sodir bölgan. Xorijdagi qoraqalpoqlar bilan aloqada bölmaganman, faqat botga yozganlar bilan gaplaşgan bölişim mumkin, ammo uzoq muddat muloqot qilmaganman.

















