Qoraqalpoğiston Respublikasi Bözatov tumaniga Botirbek Ubbiniyazov hokim etib tayinlandi. Bu haqda Jöqorği Kenges xabar berdi.

16 noyabr kuni xalq deputatlari Bözatov tumani kengaşining birinçi sessiyasi bölib ötdi. Unda tuman hokimi lavozimiga Ubbiniyazov Batirbek Ongarbayeviçni tayinlaş masalasi körib çiqildi. Taklif etilgan nomzodni tuman Kengaşining deputatlari qöllab-quvvatladi.

Ubbiniyazov bugungi kunga qadar Möynoq tumani hokimining ekologiya va Orolböyi hududini rivojlantiriş masalalari böyiça birinçi örinbosari lavozimida faoliyat olib borayotgan edi.

Bözatov tumaniga 2022 yil mart oyidan beri Kamol Allaniyazov hokimlik qilib kelgan.