16:25 / 26.06.2019
14789

Turkiyadagi fabrikada yuz bergan yong‘in oqibatida O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Foto: Anadolu

22 iyun kuni Buyukchekmejye tumanida joylashgan fabrikada yuz bergan yong‘in oqibatida 1981 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi G‘ofur Tursunov halok bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbul shahridagi bosh konsulxonasi bergan ma'lumotga asoslanib TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda qayd etilishicha, Turkiya huquqni muhofaza qilish organlari mazkur holat yuzasidan tekshiruv ishlarini boshlagan. 

“Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olgan va hozirgi vaqtda marhumning qarindoshlari bilan fuqaromiz jasadini dafn etish uchun O‘zbekistonga yuborish bilan bog‘liq konsullik-huquqiy masalalar ustida ishlar olib bormoqda”, deyiladi xabarda.

Foto: CNN TÜRK 

Konsullik-huquqiy departament marhumning oila a'zolari va yaqinlariga hamdardlik izhor etadi hamda Turkiya, Bolgariya, Ruminiya hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga ular zarurat tug‘ilgan holatlarda Istanbul shahridagi mamlakatimiz bosh konsulxonasiga +90 212-323-20-37, +90 212-229-00-75 telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tadi.

Top