Joriy yilning 6 may kuni Özbekiston va Turkiya IIV hamkorligida amalga oşirilgan tezkor tadbir natijasida firibgarlik va odam savdosi jinoyatini sodir etişda ayblanayotgan, 1979 yilda Samarqand viloyatida tuğilgan Ozod Rahimov Istanbul şahrining Fotih tumanida qölga olindi.
Özbekistonning Istanbuldagi boş konsulxonasi xabariga köra, u Samarqand viloyatida fuqarolarning köp miqdordagi pul mablağlarini firibgarlik yöli bilan özlaştirişda, şuningdek Istanbul şahrida bölgan davrida 2022-2023 yillar mobaynida bir qança Özbekiston va Tojikiston fuqarolarini Turkiya-Ispaniya-Nikaragua-Meksika yönalişi böylab AQŞga yuborişni va’da qilib, firibgarlik yöli bilan ularning har biridan 10-15 ming AQŞ dollari olib, va’dasini bajarmasdan, pullarni özining şaxsiy manfaatlariga işlatib yuborganlikda ayblanmoqda.
Uşbu şaxsning jinoiy xatti-harakatlaridan jabr körgan vatandoşlardan boş konsulxonaga yoki Özbekiston Içki işlar vazirligiga xabar beriş söralgan.
Jinoiy javobgarlikdan qoçib xorijiy davlatlarda, şu jumladan, Turkiyada yaşirinib yurgan har bir şaxsga nisbatan jinoiy ta’qib izçil ravişda davom ettiriladi va jinoyat uçun javobgarlik prinsipi qat’iy ta’minlanadi, deyiladi boş konsulxona xabarida.
Şu bilan birga, keyingi vaqtlarda AQŞ, Kanada yoki Yevropa davlatlariga boriş uçun viza rasmiylaştirib beriş vaji bilan firibgarlik sodir etiş holatlari yuzasidan boş konsulxonaga kelayotgan murojaatlar soni ortgani inobatga olinib, fuqarolar firibgarlarga aldanib qolişdan ogoh bölişga çaqirildi.













