Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navbatdagi “Salomatlik” poyezdi Qoraqalpog‘istonga jo‘nab ketadi
“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi va “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat aksiyadorlik kompaniyasi hamkorligida tashkil etilgan “Salomatlik poyezdi” Qoraqalpog‘iston Respublikasiga Toshkent – Sariosiyo – Qumqo‘rg‘on – Boysun – Darband – Oqrabod – Dehqonobod –Toshkent yo‘nalishidagi “Salomatlik” poyezdi 2016 yil 17-25 may kunlari tashkil etildi.
Ma'lumot o‘rnida aytib o‘tish joizki, 2016 yil 21-29 mart kunlari Navoiy viloyatining chekka tumanlarida yashovchilarga tibbiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatish uchun Toshkent – Navoiy – Tinchlik – Konimex – Qara-qata – Mustaqillik – Qizilquduq – Buzaubay – Uchquduq II – Toshkent yo‘nalishida hamda 18-26 aprel kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga Toshkent – Qoraqalpog‘iston – Jasliq –Toshkent yo‘nalishidagi “Salomatlik” poyezdlari tashkil etildi. Ushbu “Salomatlik” poyezdlarining mutaxassislari tomonidan 4264 nafar fuqaro chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Tibbiy ko‘rik bilan bir qatorda “Salomatlik” poyezdining faoliyati davomida viloyatdagi 35 ta tibbiy va ijtimoiy muassasaga, shuningdek, 5000 nafardan ortiq ijtimoiy himoyaga muhtoj oilaga manzilli ravishda oziq-ovqat paketlari hamda tibbiy ko‘riklardan o‘tgan aholiga alohida kiyim-kechak, dori-darmon, vitamin, tibbiyot jihozlari, sanitariya-gigiyena vositalaridan iborat jami 1 mlrd. 751 mln. 100 ming so‘mlik insonparvarlik yordami tarqatildi.
Navbatdagi “Salomatlik” poyezdi uchun “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan maxsus vagonlar taqdim etilib, yuqori malakali shifokorlar guruhi aholiga zarur tibbiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatish maqsadida 17 may kuni soat 20:55da Toshkent Markaziy (Shimoliy) vokzalidan yo‘lga chiqdi. Ushbu malakali shifokorlar bilan birga joylarda fondning Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari ko‘chma tibbiy-ijtimoiy yordam brigadasi xodimlari ham aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatadi. Ushbu insonparvarlik yordami 2 mlrd. 530 mln. 746 ming so‘mlik oziq-ovqat, kiyim-kechak hamda dori-darmon va tibbiyot anjomlari, tibbiyot jihozlari, sanitariya-gigiyena vositalaridan iborat muruvvat yordamlaridan tashkil topgan.
Mazkur poyezd o‘z rejasi davomida borishi ko‘zda tutilgan Sariosiyo, Qumqo‘rg‘on, Boysun, Darband, Oqrabod, Dehqonobod stansiyalariga yaqin hududlaridan tashqari fondning Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari hududiy filiali ko‘chma tibbiy-ijtimoiy yordam brigadasi orqali hududdagi markaziy shifoxonalar, viloyat bolalar va tug‘ruq komplekslariga hamda ko‘zi ojiz, aqli zaif va kar-soqov bolalar maxsus maktab internatlariga o‘z yordamini ko‘rsatishi rejalashtirilgan.
Tadbirga Germaniya Federativ Respublikasining “Tovarish – Hilfe fuer kinder” xalqaro tashkiloti, AQShning “AmeriCares” va “Toms Shoes” xalqaro tashkilotlari, Koreya Respublikasining “Siloam senter for the Blind” xalqaro tashkiloti, “Dori-darmon” AK, “Diyor biznes” MChJ, QK “Farmed” MChJ, “Xilol nashr” MChJ, “O`zbekengilsanoat” AJ, “Zamona ra`no” MChJ, “ATM Pharm” MChJ, “O`zbekiston” NMIU, “Taylor impex” MChJ, “Navro`z PTK” MChJ, QK “Biogen” MChJ, “Agro bio kimyo” MChJ, “Orto best”, “Farnaks farma” MChJ, “Nika Pharm”, QK, “Baxtteks-farm” MChJ va boshqalar homiylik qilishdi.