Farg‘onada fermerning qoramollari harom o‘lmoqda

“Go‘sht yana qimmatlabdimi?”, “Nega, sut mahsulotlarining narxi kundan-kunga oshib bormoqda?”, degan savollarni ko‘p eshitamiz. Bu esa o‘z-o‘zidan paydo bo‘lgan savollar emas. Ma'lumki, mazkur mahsulotlarni yetishtirish qishloq xo‘jaligining alohida sohasi gardanida. Savollarga javobni tahliliy tarzda berish mumkin. “Chunki, chorvachilik deya atalmish sohani uzoq yillar davomida e'tiborsiz qoldirdik, hisob. Shuning uchun go‘sht va sut mahsulotlari narxi kundan-kun qimmatlashib bordi”.

Video: Mover (Tas-IX)

Video: Youtube.com

Chorvachilik - juda katta ilm. Uning uzluksiz rivojlanishi uchun bir qator omillar ishga tushishi lozim. Birinchi navbatda sohaga e'tibor. Yem-ozuqa bazasi. Naslchilik. Kadrlar yetishtirish...

Shukrki, so‘nggi yillarda chorvachilikni izchillik bilan rivojlantirish borasida bir qator hujjatlar imzolanib, soha vakillariga e'tibor kuchaydi.

Bugungi tahliliy material tuyoq yetishtirishdagi muammolar haqida.

Qoramol boqish haqidagi maqolaga jimjimador so‘zlar umuman yarashmaydi. Bu so‘zlar ma'nosini esa xonadonida hech bo‘lmasa bir dona qo‘y boqib ko‘rgan odamdan so‘rang...

Markaziy Farg‘ona cho‘lidagi zo‘r chorvadorning yutuq va muammolari

Markaziy Farg‘ona cho‘lida fermerlik qilish oson emas. Dasht sharoitida tinimsiz tabiat qiyinchiligi bilan kurashib, unumdor bo‘lmagan yerda ikki hissa mehnat qilishga to‘g‘ri keladi. Bu hududlarda chorvadorlik bilan shug‘ullanish esa undan-da sermashaqqat.

Maqolamiz qahramoni Abdumannob Qosimov, Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanidagi “Olimboy hoji” fermer xo‘jaligini 2001 yildan beri boshqarib keladi.