Janubiy Koreya janubi-şarqida örmon yonğinlariga sabab bölişda gumonlanayotgan şaxs politsiya tomonidan qölga olindi, deb yozadi Hankyoreh naşri.

Kensan-Pukto provinsiyasida yaşovçi 56 yoşli erkak örmon himoyasi töğrisidagi qonunni buzişda gumonlanib uşlangan. U 22 mart kuni soat 11:24 da Kvesan qişloğidagi örmon hududida yonğin yuzaga kelişiga sababçi bölgan.

Gumonlanuvçi öz aybini inkor etgan. Ammo yonğin haqida birinçi bölib xabar qilgan uning qizi guvohlik körsatmasini bergan.

«Katta bobomizning qabristonida yonğin boşlandi. Otam daraxtni sindirişga urindi, lekin uddalay olmadi, şu bois uni zajigalka bilan yoqişga qaror qildi. Biroq kuçli şamol tufayli uçqunlar tarqalib, yonğin boşlandi», — deydi gumonlanuvçining qizi.

Iysonda boşlangan yonğin tezda törtta qöşni tuman — Andon, Çxonson, Anyan va Yondokka tarqalgan. Yonğin kölami kengayib ketgani bois 28 mart kuni Kensan-Pukto politsiyasi mahalliy Iyson hukumatidan tergov işlarini öz nazoratiga olgan.

Ertasi kuni politsiya Sud ekspertizalari böyiça milliy instituti bilan hamkorlikda yonğin öçoğini közdan keçirgan. Ayni vaqtda Örmon tadqiqotlari milliy instituti, Sud ekspertizalari milliy instituti va öt öçiriş xizmatlari bilan keyingi harakatlarni kelişiş ustida iş olib borilmoqda.

Iysondagi yonğin Janubiy Koreya tarixidagi eng halokatli örmon yonğiniga aylandi. Fojia oqibatida 26 kişi, jumladan, vertolyot uçuvçilari, öt öçiruvçilar va mahalliy aholi halok böldi.

Alanga 4 mingdan ortiq binoni, xususan, turarjoy binolari va zavodlar, tarixiy obektlarni kulga aylantirdi. Dastlabki ma’lumotlarga köra, yonğin 45 ming gektardan ortiq maydonni egallagan — bu Seul hududining 75 foizi demak. Bu mamlakat tarixidagi eng katta örmon yonğini talafoti hisoblanadi.