O‘zbekiston | 12:13 / 15.03.2023
17596
3 daqiqa o‘qiladi

Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi rahbarlari ishdan olindi

Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga ko‘ra, boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi rahbarlari lavozimidan ozod qilindi.

Alisher Inakov / Sog‘liqni saqlash vazirligi

“Yangi O‘zbekiston” nashri xabariga ko‘ra, quyidagilar lavozimidan ozod qilindi:

  • Alisher Inakov O‘zbekiston Respublikasi Tibbiy- ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligining direktori lavozimidan;
  • Bahodir Karimov O‘zbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi direktorining tibbiy-ijtimoiy masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimidan;
  • G‘ayrat Isroilov O‘zbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi direktorining moliyaviy-iqtisodiy va qurilish masalalari  bo‘yicha o‘rinbosari lavozimidan ozod qilindi.

Alisher Inakov 2021 yil aprel oyida Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligining direktori etib tayinlangandi. Undan avval u Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi direktori v.v.b. bo‘lgan.

Bahodir Karimov ham 2021 yil aprel oyida agentlik direktorining tibbiy-ijtimoiy masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan. U avval Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi direktori o‘rinbosari v.v.b. bo‘lgan.

Bahodir Karimov / Sog‘liqni saqlash vazirligi

Bundan tashqari, 2021 yil aprel oyida G‘ayrat Isroilov agentlik direktorining moliyaviy-iqtisodiy va qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlangan. U avval Vazirlar Mahkamasi Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy o‘zgartirishlar, moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari kotibiyatining Pensiya ta’minoti va kam ta’minlangan oilalar masalalari bo‘yicha bosh mutaxassisi sifatida faoliyat yuritgan.

G‘ayrat Isroilov / Sog‘liqni saqlash vazirligi

Prezident farmoniga asosan Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi va uning hududiy bo‘linmalari negizida O‘zbekiston Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi va uning hududiy bo‘linmalarini tashkil etish belgilangan edi.

Agentlik keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj boshqa toifalariga tibbiy-ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida vakolatli davlat boshqaruv organi hisoblanadi.

Mavzuga oid