Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tashkil etiladi
Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazi negizida Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tashkil etilyapti.
“Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohalarida ochiqlikni ta’minlash hamda boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
Chiqindilar bilan ishlash masalalarida aholi va sanitar tozalash korxonalari o‘rtasida bog‘lovchi bo‘g‘in sifatida Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazi negizida Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tashkil etiladi.
Agentlik chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida yagona me’yorlar va standartlarni ishlab chiquvchi, sinovdan o‘tkazuvchi va amaliyotga tatbiq etuvchi, ushbu yo‘nalishdagi faoliyatni muvofiqlashtiruvchi hamda chiqindilarni boshqarish sohasiga taalluqli davlat mulkini boshqaruvchi mas’ul davlat organi hisoblanadi.
2025 yil 1 martdan sanitar tozalash korxonalari faoliyatining asosiy samaradorlik ko‘rsatkichlarini aniqlash mezonlari tasdiqlanadi.
Mavzuga oid
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
10:30 / 04.07.2026
O‘zbekistonda 11 ta chiqindidan energiya ishlab chiqarish zavodi quriladi
09:15 / 27.06.2026
Qaysi mamlakatlarda yadro chiqindilari eng ko‘p? Yangi xarita e’lon qilindi
09:05 / 20.06.2026