Prezident “Ilmiy-metodik va tadqiqot işlari sifatini oşiriş orqali ta’lim tizimini kompleks rivojlantirişni jadallaştiriş böyiça çora-tadbirlar töğrisida” qaror imzoladi.

Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Ta’limni rivojlantiriş respublika ilmiy-metodik markazi (Respublika markazi)ni taşkil etiş töğrisidagi taklifiga rozilik berildi.

Belgilab qöyilişiça, Respublika markazi:

  • Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 34 ta ştat birligini hamda faoliyati tugatilayotgan Ta’lim sifatini baholaşning xalqaro tadqiqotlar milliy markazining 18 ta ştat birligini;
  • Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantiriş tadqiqotlari va ilğor texnologiyalarni tatbiq etiş markazining 10 ta ştat birligini qisqartiriş hisobiga taşkil etiladi;
  • Toşkent şahri Şayxontohur tumani Navoiy köçasi 30-uyda joylaşadi.

Quyidagilar Respublika markazining asosiy vazifalari etib belgilandi:

  • ta’lim jarayoniga innovatsion pedagogik texnologiyalarni, öqitişning samarali şakl va usullarini, ta’lim sifatini baholaş va monitoring qilişning zamonaviy tizimlarini joriy qiliş;
  • maktabgaça, umumiy örta va maktabdan taşqari ta’lim taşkilotlari, şuningdek, qisqa muddatli, şu jumladan xususiy öquv kurslarning ta’lim standartlari, öquv rejalari va dasturlariga qöyiladigan talablarni işlab çiqiş va tasdiqlaş;
  • ta’lim taşkilotlarida öqitiş metodikasini takomillaştiriş, zamonaviy talablar va ilğor xorijiy tajriba asosida yangi darsliklar va öquv-metodik majmualarni naşr qiliş, tajriba-sinovdan ötkaziş va ekspertiza qilişni taşkillaştiriş;
  • ta’lim taşkilotlarining rahbar va pedagogik kadrlarini tayyorlaş, qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşirişning ilğor şakllarini joriy qiliş, öqituvçilarning kasbiy mahoratini uzluksiz oşirib boriş uçun şart-şaroit yaratiş;
  • ta’lim taşkilotlaridagi öquv-tarbiya jarayonlari va kadrlarni tayyorlaş sifatini monitoring qilişda, ta’lim oluvçilarning bilimi ta’lim standartlari va talablariga muvofiqligini tahlil qilişda iştirok etiş, Özbekistonda ta’lim sifati sohasida xalqaro dasturlar va tadqiqotlar ötkazilişini taşkillaştiriş;
  • ta’lim sohasini rivojlantirişga qaratilgan tahliliy va amaliy tadqiqotlar ötkaziş, ta’lim jarayonida jahon ilm-fani va texnologiyalari yutuqlaridan keng foydalaniş böyiça ilmiy işlanmalar va tavsiyalar tayyorlaş;