Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Markaziy bank asosiy stavkani o‘zgarishsiz qoldirdi
Markaziy bank asosiy stavkani yillik 17 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Foto: Kun.uz
21 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining yig‘ilishida asosiy stavkani yillik 17 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar qilmoqda.
O‘zbekiston tarixida qayta moliyalash stavkasining eng yuqori ko‘rsatkichi 1995 yilda kuzatilgan bo‘lib, o‘sha paytda asosiy stavka 300 foizga yetgandi. Shundan so‘ng 2017 yilgacha asosiy stavka pasayib borgan va 27 iyunda 9 foizni tashkil etgan.
Regulyator asosiy stavkani oxirgi marta joriy yilning 17 martida o‘zgartirgan, o‘shanda stavka 3 foiz bandga oshirilib, 17 foiz etib belgilangandi.
Mavzuga oid
17:35 / 18.03.2026
“Maqsad ezgu bo‘lsa, kartadan o‘tkazmalarni ommalashtirish kerak edi” – mutaxassislar P2P nazorati haqida
11:14 / 18.03.2026
Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi
19:10 / 17.03.2026
Metandan go‘shtgacha. Narxi keskin oshgan mahsulot va xizmatlar
11:39 / 09.03.2026