Jamiyat | 13:30 / 27.11.2018
11634
2 daqiqa o‘qiladi

Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti ishga taklif etadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 noyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi bojxona organlari kadrlarini tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3995-son Qarorga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Oliy harbiy bojxona instituti O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti etib qayta tashkil etildi.

Mazkur institut bojxona organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan oliy ta'lim hamda ilmiy-metodik muassasa sifatida belgilandi.

Qarorga asosan kursantlarda tahliliy fikrlash, yangi bilimlarni mustaqil ravishda egallash va ularni amaliyotda qo‘llash ko‘nikmasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan, asosan mutaxassislik fanlaridan tashkil topgan zamonaviy ta'lim standartlarini va sifat jihatidan yangicha o‘qitish tizimini joriy etish nazarda tutilgan.

Shuningdek, professor-o‘qituvchilar va xodimlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va moddiy rag‘batlantirish masalalariga alohida e'tibor qaratilgan.

Shunga ko‘ra, Bojxona institutiga ishga qabul qilish hamda nomzodlar zaxirasini yaratib borish maqsadida yuridik fanlar, xorijiy tillar, psixologiya hamda harbiy va jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha mutaxassislarni professor-o‘qituvchi lavozimlariga (asosiy shtat yoki soatbay) ishga taklif qiladi.

 Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

oliy ma'lumotli (magistraturani tamomlaganligi to‘g‘risida)

amaliy va (yoki) pedagogik ish tajribasi;

og‘zaki va yozma nutq ko‘nikmalari;

o‘zbek va rus tillarini bilish (ingliz tilini bilishi qo‘llab-quvvatlanadi);

kompyuterda office dasturi paketlarida  ishlay olishi.

 Murojaat uchun:

Manzil: Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Qozirobot 2-tor ko‘cha, 118-uy. 

Telefon: +99871-227-46-56, +99871-245-22-63

Mavzuga oid