Yevropa Ittifoqi davlatlari Eron va Isroil örtasidagi mojaro sabab bozorda yuz berayotgan beqarorlik tufayli Rossiya nefti narxini bir barrel uçun 60 dollardan 45 dollarga tuşiriş rejasidan voz keçdi. Bu haqda Politico diplomatik manbalarga tayanib xabar berdi.
«Yaqin Şarqdagi xalqaro vaziyat va beqarorlik tufayli narxlar çegarasini pasaytiriş ğoyasi, ehtimol, amalga oşirilmaydi. Şu hafta G7 yiğilişida barça davlatlar hozirça qaror qabul qilmaslikni ma’qul körişga kelişib oldi», dedi ismi sir qolişni istagan diplomatlardan biri.
Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen G7 sammitida Isroil Eronni öqqa tuta boşlaganidan söng, neft narxining kötarilişi tufayli mavjud narx çegarasi allaqaçon öz vazifasini bajarayotganini aytdi. Bundan taşqari, AQŞ prezidenti Donald Tramp xuddi şu sammitda Rossiyaga nisbatan qattiqroq sanksiyalar qöllaşni qöllab-quvvatlaşdan boş tortdi va AQŞ iştirokisiz narx çegarasini pasaytiriş mantiqqa töğri kelmaydi.












