Bu ikki firma 2023-2024 yillarda faoliyat yuritib, lizing va boşqa qulay şartlar asosida maşina olib berişni taklif etgan. Odamlar mahalliy avtomobillarga tölovning 20-30 foizini amalga oşirgan. Şartnomada maşina olib beriş muddati 6 oy körsatilgan bölsa-da, firma mas’ullari hammaga har xil, 1 yoki 3 oy içida maşina çiqişini aytgan. Biroq firma mansabdorlari önlab odamlardan pul olib, va’dasini bajarmagan. Pullarni qaytariş söralganda, ayrim hollarda berilgan mablağdan 10 mln söm uşlab qolinişi aytilgan.

Toşkentda firibgarlikda ayblanayotgan Umid auto leasing, Alfa auto business va Baraka auto community mansabdorlariga oid jinoyat işi sudda körib çiqilmoqda. 13 iyundagi sud majlisida Kun.uz muxbiri iştirok etdi. Unda avtolizing kompaniyasiga aldangan bir neçta jabrlanuvçining körsatmasi tinglandi. Ularga köra, kompaniya şartnomalari rus tilida bölib, odatdagidan boşqaça tuzilgan. Jabrlanuvçi Jahongir Rahmonov aldanganlardan biri. U 2024 yilda Cobalt uçun bank orqali 56 mln söm tölagan. Jabrlanuvçining yaqinlari şartnoma şubhali tuzilganini bilgaç, pulni qaytarişni söragan. Ammo firma mansabdori turli vajlar bilan işni paysalga solgan. Qiziqarli jihati, şartnomada 2 ta MÇJ körsatilgan. Rahmonovning aytişiça, firmada norasmiy işlagan Bunyod ismli şaxs maşina 3 oy içida çiqişini aytgan. Lekin şartnomada 6 oy körsatilgan.

“2024 yil mart oyida Samarqand viloyati Samarqand şahrida afişasi “Baraka avto” degan joyga telefon orqali bordik. Birinçi OLX ilovasi orqali topdik bu narsani. Keyin telefon qildik. Bir dispetçer qiz telefonni kötardi-da, Samarqandga ulab beraman, dedi. Keyin gaplaşdik. Soat 9 larga kelinglar, dedi. Öşa atrofda bölganimiz uçun ukam bilan birga bordik. Borganimizda öşa yerda bir qiz, bir öğil, yana Bunyod ismli bola bor edi. Şartnoma böyiça şu Bunyod öşa yerda norasmiy iş yurituvçi ekan. Nima tartibda olinadi, nima qilinadi, ya’ni uç oyda maşina beriladi, deb hammasini tuşuntirdi. “Ha, biz ham buni köramiz, pulni olib kelaylik”, deb ketdik.  Obedlarga yaqin Bunyod telefon qildi-da, “aka, kelyapsizlarmi?” dedi. Bizlar bordik, kördik. Keyin şartnomani imzoladik-da, bankka bordik. Bankda tölovni qildik. Öşa vaqtda ham şu Bunyoddan söradim, “bu yerda heç bir firibgarlik yöqmi?” deganimda, “yöq, aka, hammasi yaxşi”, dedi. Ikki-uç kundan keyin şu şartnomani dadamga taşlab berdim. Dadam öşa vaqtda Qarşida edi. Dadam ham tanişlari bilan körib çiqdilar-u, “bu şartnoma bir boşqaça tuzilgan, bor, iloji boriça şu pulni qaytarib ol”, dedilar. Navröz bayramidan keyin bordim. U 22-23-gami töğri keldi. Poççam bilan bordim. “Bu şart yoqmayapti menga, qaytariş kerak”, dedim. Bunyod ismli yigit Jalolga telefon qildi. Telefon qilib, “şunday-şunday bölyapti”, dedi. Jalol bilan poççam ham gaplaşdi. Keyin aytdiki, “mayli, bölmasam, şartnomada körsatilgan, agar pul qaytarilsa, 10 million qançami undirib olinib, qolgani tölov qilinadi”, dedi.

Şundan söng Rahmonovning poççasi Jaloliddinga şartnoma tuşunmay imzolaganini aytgaç, sudlanuvçi pul uşlab qolmaslikni, ammo pulni qaytariş vaqt talab qilişini aytgan. Oradan vaqt ötib esa, filial yopilgan. Jabrlanuvçi qönğiroq qilib, buning sababini söraganda, “işni töxtatdik” deya javob bergan. Jaloliddin ismli şaxs esa pulni qaytarişga hali vaqt borligini aytgan. Rahmonovning sözlariga köra, şartnomada Alfa auto business körsatilgan. Papkaning ustiga esa “Baraka Avto” deb yozilgan. 

“Nimaga bu “Baraka Avto” bölyapti-yu, peçat Alfa auto business bölyapti?” deb söraganimda, “aka, bu Toşkentning filiali, şuning uçun rasman Toşkentdan urilgan”, deb aytdi u. Rahmonovning otasi Husan Hamidovga köra, şartnoma firmaning foydasiga qarata tuzilgan.

Sudda Toşkent viloyatidan kelgan Azizbek Arintayev ham körsatma berdi. U firmaga keliboq, Cobalt uçun 55 mln söm tölagan. Ammo sudlanuvçi jabrlanuvçining körsatmalarini inkor qildi. Boşqa jabrlanuvçilarning sözlariga köra, maşinaga tölovning 30 foizi amalga oşirilgaç, firma mas’ullari 30-45 kunda avtomobilni çiqarib berişni va’da qilgan. Bir neçta şartnomalar esa onlayn tuzilgan. Maşinalar aytilgan vaqt böyiça berilavermagaç, odamlar yuqori turuvçi organlarga murojaat qilişini bildirgan. Ammo Alfa auto business rahbari bunday qilinsa, iş oğirlaşişini ma’lum qilgan. “Javohir akam çiqsin, sizni pulingizni qaytarib beramiz, qaytarib bermasak bozordan maşina qilib beramiz deb aytdi”, deydi jabrlanuvçi Ğolib Norov. Yana bir jabrlanuvçi Şuhrat Urunovga köra şartnoma qilingan vaqtdan 1 oy ötib, Alfa auto businessʼning Samarqanddagi ofisi xodimlariga boğlanişning imkoni bölmagan. 

“2024 yil 25 fevral kuni firmaga kelgan bölsam, menga 27-kuni telefon qilyapti. Aksiyamiz tugayapti. 3 yilga 7 foizdan (yillik ustama) qilib beramiz dedi, ha deb keldik. Bunyod ismli bola ötiribdi. Töğrisini aytsam, bu yerdagi bironta bolani tanimayman men. Qança vaqtda maşina çiqadi dedim. “Aka, bir oyda maşina çiqarib beramiz” dedi. Tölovi qanday böladi dedim. Oq Cobaltʼga 30 foiz, 56 mln 647 ming ming tölov qilişimni aytdi. Keyin Bunyod bilan birga bank orqali tölov qildik, 1 oydan keyin maşina nima böldi deb telefon qildim. Yanvar oyidagi odamlarning maşinasini beryapmiz dedi. Aprelda telefon qilganimda Bunyodning, oxiri 20 40 nomerlarning hammasi öçgan edi”, deydi Urunov.

Jabrlanuvçi Toştemir Umrzoqovning aytişiça, firma mansabdorlari maşina çiqarib berişni bir-biriga sansalorlik qilgan. Samarqanddagi ofisda işlagan Bunyod ismli şaxs iş boşqaruvçi bölgan. Jabrlanuvçilarning barçasi suddan pullarini qaytarişni söradi. Sud yakunida jabrlanuvçilardan biri sudlanuvçi Mannopov dalillar bölsa-da, aybini tan olmayotganini aytdi. Nodir Nazarovga köra, Alfa va Baraka avtolizing mas’ul şaxslari taxminan 100 kişidan pul olib, maşina çiqarib bermagan. Sudning keyingi yiğilişi 20 iyunda davom etadi